DEFLEKTOR

DEFLEKTOR (lot. defl ecto — ogʻdiraman, olib ketaman) — 1) ventilyatsiya (shamollatish) yoki tutun moʻrisiga oʻrnatiladigan havo tortish qurilmasi; bino va shaxtalarning shamollatilishini tezlashtiradi, qozon va pechkalar moʻrisining havo tortishini yaxshilaydi; 2) gaz, suyuqlik, tovush toʻlqinlari va b. yoʻnalishini oʻzgartiradigan moslama; 3) magnit kompasi deriva-siyasi (kema, samolyot va b. da temir hamda elektromagnit maydon taʼsirida … Читать далее

DAZMOL

DAZMOL — gazlama, kiyim-kechak, koʻnchilik mahsulotlari va b. ga issiqlik ishlovi berish (qizdirib silliqlash) uchun moʻljallangan asbob. Uy-roʻzgʻorda, maishiy xizmat korxonalarida, tikuvchilik f-kalarida, koʻn z-dlarida ishlatiladi. Roʻzgʻorda ishlatiladigan Dazmolning kumir yoki oʻtin chugida qizdiriladigan, plita ustiga quyib qizdiriladigan va elektr xillari bor. Hozir, asosan, elektr Dazmol ishlatiladi. U metall asos, qopqoq, qizdirish elementi (spiral) va … Читать далее

GʻAVVOSLIK

GʻAVVOSLIK — suv ostida turli i. t. va amaliy ishlarni bajarish maqsadida odamlar (gʻavvoslar)ni maxsus kiyimlarda suv ostiga tushirish bilan bogʻliq faoliyat sohasi. Qadimda (ayrim joylarda hozir ham) odamlar suvga hech qanday vositalarsiz, nafasini 1—2 min. ichiga yutib, 20—30 m chuqurlikkacha shoʻngʻiganlar. Keyinchalik nafas olish uchun qamish nay, havo toʻldirilgan mesh, havo yostigʻi ishlatiladigan boʻldi. … Читать далее

BETANURLAR DETEKTORI

BETANURLAR DETEKTORI — yadro nurlanishini qayd qiluvchi asbob. B. n. d. sifatida, asosan, Geyger— Myuller gaz hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz hisoblagichida betanurlanishning ayrim zarralarini qayd qilish mumkin. Gaz hisoblagichining ishlash tarzi unda betanurlanishning har bir zarrasi hosil qilgan ionlashish tokini kuchaytirishga asoslangan. Gaz hisoblagichi ichiga ingichka metall sim tortilgan metall yoki shisha silindrdan iborat (rasm). Silindr … Читать далее

VARIOMETR

VARIOMETR (lot. vario — oʻzgartiraman va… metr) — 1) aviatsiyada — uchish balandligining oʻzgarishi tezligini koʻrsatadigan nazorat-oʻlchash asbobi. Ichi berk korpus (gʻilof) ichida joylashgan manometrik qutidagi atm bosimi bilan kapillyar orqali atmosferaga tutashgan shu korpusdagi bosim orasida paydo boʻladigan farqni oʻlchashga asoslangan. Uchish balandligi oʻzgarganda havoning kapillyar orqali oʻtishi tormozlanganligi oqibatida bosimlar farqi vujudga keladi … Читать далее

VAKUUM-MIKROSXEMALAR

VAKUUM-MIKROSXEMALAR — mikroelektron texnologiya asosida yaratilgan koʻp funksiyali elektron asbob. V.-m. yuqori vakuumli ballonchadan iborat boʻlib, ichida maʼlum tartibda koʻplab mikroelektrodlar joylashgan. Millionlab metall katodlarni kimyoviy usulda yaratish texnologiyasiga asoslangan. Mikroelektrodlar kremniy taglikka mahkamlanadi, soʻngra taglik ustiga ketma-ket kremniy oksid (SiO2) va yupqa metall (koʻpincha, molibden) qatlamlari joylashtiriladi. Shu usulda har 1 mm2 taglikka 10 … Читать далее

VIZUAL KUZATISH

VIZUAL KUZATISH (lot. visualis – koʻrish…) — biron bir hodisa (mas., oy tutilishi)ni oddiy koʻz bilan (qora shisha orqali) yoki asbob (mas., durbin) orqali bevosita kuzatish. Bunday kuzatishlarda aniq natijalar olish qiyin. Vizual kuzatishlar chogʻida ehtiyot choralari koʻrilishi shart. Пост Навигацияси

BOʻLGICH KAMERA

BOʻLGICH KAMERA — yadrolar boʻlinishini oʻrganadigan asbob. Oddiy ionizatsiya kamerasidan iborat. Boʻlgich kamera elektrolita tekshiriladigan modda (U233, Pu23ʻ) yupqa (~1 mg/sm2) qilib surkaladi. Yadro boʻlinganda parchalari gaz atomlarini ionlashtirib, elektr impulsi hosil qiladi. Radiotexnika qurilmasi yordamida qayd qilinadigan impulslar soni boʻlinish sonini koʻrsatadi. Пост Навигацияси

VENTIL FOTOELEMENTI

VENTIL FOTOELEMENTI — yorugʻlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradigan yarimoʻtkazgich asbob. Ishi fotoeffekt hodisasiga asoslangan. 1953-y. kremniy (Si) monokristallidan f. i. k. 6% boʻlgan Ventil fotoelementi olindi, keyinchalik f. i. k. 15% gacha yetkazidsi. F. i. k. 1% gacha boʻlgan oddiy Ventil fotoelementi asosan avtomatikada qoʻllaniladi. Kremniy Ventil fotoelementi sunʼiy yoʻldosh va kosmik kemalar bortiga … Читать далее

BUTIROMETR

BUTIROMETR (yun. butyron — yogʻ, moy va…metr) — sutdagi yogʻ miqdorini aniklaydigan asbob. Shkalali silindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, lab. sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yogʻ miqdorini aniqlash uchun Butirometrga pipetkada 10 sm3 sulfat kislota, 11 sm3 sut va 1 sm3 izoamil spirt quyiladi. Idishning ogʻzi rezina tiqin bilan bekitilib chaykatiladi, bunda sutdagi boshqa moddalar erib, faqat … Читать далее