EPIDIDIMIT

EPIDIDIMIT (yun. moyak ortigʻi) — moyak ortigʻining yalligʻlanishi. Infeksiya kirishi yoki yorgʻoqqa shikast yetishi sabab boʻladi. Stafilokokk, streptokokk hamda sil, brutsellyoz, soʻzak, zoxmdan kelib chiqadigan Epididimitlar farq qilinadi. Infeksiya moyak ortigʻiga (gripp, zotiljam va boshqalar kasalliklarda) qon orqali yoki urugʻ yoʻllaridan oʻtadi. Epididimit oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻt kir E. toʻsatdan boshlanadi, moyak ortigʻi, yorgʻoq … Читать далее

PARAPROKTIT

PARAPROKTIT (para… va yun. proktos — orqa chiqaruv teshigi) — orqa chiqaruv teshigi yoki tugʻri ichak atrofidagi kletchatkalarning yiringli yalligʻlanishi. Paraproktit koʻpincha orqa chiqaruv teshigi atrofining yorilishi yoki 6a-eocupuw vaqtida davolatmaslik natijasida toʻgʻri ichak shilliq pardasida paydo boʻlgan yaraning asorati sifatida vujudga keladi. Yorilgan joy va yaradan toʻgʻri ichak atrofidagi toʻqima (kletchatka)ga toʻgʻri ichakda doimo … Читать далее

METRIT

METRIT (yun. metra — bachadon) — bachadon muskul qavatning yalligʻlanishi; asosan, shilliq qavatining yalligʻlanishi (metroendometrit) bilan birga kechadi. Oʻtkir va surunkali Metrit ajratiladi. Oʻtkir Metrit, odatda, abortdan ke-yin (ayniqsa, kasalxonadan tashqarida qilingan), tugʻish asorati, shuningdek, infeksion kasalliklar (tif, difteriya, vabo va b.) oqibatida kelib chiqadi. Oʻtkir Metritda gavda t-rasi koʻtariladi, qindan yiringli, baʼzan qonli yiringli … Читать далее

POLIARTRIT

POLIARTRIT (poli… va artrit) — bir necha boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik (infeksion nospetsifik — revmatoid Poliartrit) tarzida paydo boʻladi, shuningdek, revmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Kasallikning turiga, organizmning reaksiyasiga, jarayonning ogʻir-yengilligiga koʻra, zardobli, yiringli, nekrotik Poliartrit farq qilinadi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir … Читать далее

OQMA

OQMA — organ va toʻqimalardagi patologik jarayonlar oqibatida paydo boʻlib, uzoq vaqt bitmaydigan teshik yaralar, yoʻllar; tananing ichkarisidagi toʻqimalardan yoki ichki aʼzodan teriga (tashki Oqma) yoki toʻqimalardan ichak, qin singari kovak aʼzoga (ichki Oqma), yo boʻlmasa bir aʼzodan boshka aʼzoga, mas, qiziloʻngachdan bronxga, qovukdan ichakka (aʼzolararo Oqma) ochilgan boʻladi. Oqma tugʻma boʻlishi ham mumkin (mas, … Читать далее

STAFILINLAR

STAFILINLAR (Staphylinidae) kalta ustqanotli qoʻngʻizlar oilasi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Tanasi ingichka va choʻziq (1,5—40 mm); ust qanoti kalta, boshi, koʻkragi va korni oʻzaro birikkan, harakatchan. Qanotlari yaxshi rivojlangan. Lichinkasining boshi yirik, oyoqlari harakatchan. Stafilinlar keng tarqalgan. Hazon, daraxt poʻstloqlari ostida, qush va b. hayvonlar hamda chumolilar inida yashaydi. Stafilinlarning koʻpchiligi entomofaglar, shuningdek, parazit, … Читать далее

ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGI

ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGI — qon plazmasidagi oqsil komponentlarining oʻzaro nisbati va turli kasalliklarda eritrotsitlar soni va hajmi oʻzgarishlarini aniklaydigan diagnostik koʻrsatkich. Bunda qon biror antikoagulyant (mas, natriy sitrat) bilan aralashtirilib, millimetrlarga boʻlingan shisha kapillyar nayga olinadi. Qon ikki qism: pastki qism (choʻkmasi) — shaklli elementlarga, ustki qism — plazmaga ajraladi. Bir soatdan soʻng nayning pastki … Читать далее

POLIPLAR

POLIPLAR — surunkali yalligʻlanish natijasida shilliq pardaning maʼlum qismida paydo boʻladigan soʻrgʻichsimon oʻsiklar. Burun, ichak, meʼda, bachadon va tananing boshqa boʻshliqdaridagi shilliq pardaning gipertrofiyalanishi oqibatida vujudga keladi. Kelib chiqishiga koʻra, qon P. i (bachadonda qolib ketgan yoʻldosh parchasi atrofidagi qon individlaridan hosil boʻla-di), yoʻldosh Poliplari (bachadonda qolib ketgan yoʻldosh parchasidan oʻsib chiqa-di), yumshoq Poliplar (shilliq … Читать далее

SALPINGIT

SALPINGIT (yun. salpinx nay) bachadon (Fallopiy) nayining yalligʻlanishi; odatda, tuxumdonning yalligʻlanishi (ooforit) bilan birga kechadi. Nayga soʻzak, sil infeksiyasi va b. mikroblar tushishi natijasida roʻy beradi. Infeksiya koʻpincha bachadondan yoki qon va limfa orqali kiradi. Dastlab bachadon nayining shilliq qavatlari, keyinchalik boshqa qavatlari ham yalligʻlanadi. Bachadon nayi berkilib qolishi yoki chandiklanishi mumkin. Salpingit koʻpincha bachadondan … Читать далее

UREMIYA

UREMIYA (yun. uron — siydik va haima — qon) — buyrak faoliyati yetishmovchiligi natijasida organizmning siydik bilan zaharlanishi. Ogʻir kechadi. Uremiyada buyrak suv va tuz almashinishi, kislotaishqor muvozanatini rostlay olmay qrladi, oqsil almashinuvining zaharli mahsulotlari toʻplanadi, nervgormonal regulyatsiya ham oʻzgaradi, bu esa organizmdagi barcha aʼzo va sistemalar faoliyatining buzilishiga olib keladi. U utkir va surunkali … Читать далее