MAJID GʻOFURIY

MAJID GʻOFURIY (taxallusi; asli ismi Gʻabdulmajid Nurgʻoniyevich, 1880—1934) — boshqirdtatar shoiri. Boshqirdiston xalq shoiri (1923). Boshqird adabiyotining asoschisi. Ijodi 1902-y. dan boshlangan («Eshon muridlariga» sheʼri). «Yosh umrim» (1906), «Millat muhabbati» (1907) sheʼriy toʻplamlarini yozgan. «Faqirlikda kechgan hayot» (hikoya, 1903), «Sibir temir yoʻli» (doston, 1904), «Turmush bosqichlari» (1930), «Shoirning oltin konlarida» (1931) va b. asarlar muallifi. … Читать далее

MIRZAQULTEPA

MIRZAQULTEPA — ilk kushonlar davriga oid qoʻrgʻon xarobasi (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshi). Termiz sh. aeroporti hududida, qad. Termiz sh. ni suv bilan taʼminlovchi Surxondaryodan chiqarilgan kanalning oʻrta oqimida joylashgan. Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga mayd. ni egallab, bal. 3 m ni tashkil qiladi. 1973—76 va 1974—80 y. larda … Читать далее

MULLIT

MULLIT — 1) silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi doim bir xil emas (ZA12O3 – 2SiO2). Romb singoniyali. Qattiqligi 6—7; zichligi 3,2 g/ sm3. Erish t-rasi 1810°. Sof Mullit rangsiz; temir va titan oksidi qoʻshilganlari pushti va koʻk rangda. Mullit A12O3 ning SiO2 bilan yagona birikmasidir; yukori t-para bardoshli. Tabiatda kam uchraydi. Tabiiy sharoitda yukori … Читать далее

MAGNIT TOGʻI

MAGNIT TOGʻI — Jan. Uralning sharqiy yon bagʻridagi togʻ (RFning Chelyabinsk viloyatida). Mutlaq bal. 614 m. Asosan, granit, porfirit va marmarlardan tarkib topgan. Magnit togʻidan qazib olinadigan temir rudasi Magnitogorsk metallurgiya k-tining asosiy xom ashyosi. Magnit togʻi yaqinida 1929—34 y. larda Magnitogorsk sh. bunyod etilgan. Пост Навигацияси

MOLIBDEN

MOLIBDEN (yun. molibdos — qoʻrgʻoshin; lot. Molybdaenum) , Mo — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi. Tartib rakami 42, at. m. 95,94. M. ni 1778-y. molibdat kislotasi va uning tuzlari sifatida K. Sheyele ochgan, 1790-y. P. Gyelm ajratib olgan metall holdagi Molibden namunasi tarkibida uglerod va Molibden karbidi boʻlgan. Metall holdagi sof Molibdenni 1817-y. Y. … Читать далее

METROPOLITEN

METROPOLITEN, metro (yun. metropolis — bosh shahar, markaz) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin. Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, i. ch., savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar … Читать далее

MARDIKORLIK

MARDIKORLIK — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda markaziy (xon, amir) yoki mahalliy hukumat farmoni bilan natural majburiyatni bajarish, shuningdek, katta yer egalari yerida ishlovchi dehqonlar mehnatidan foydalanish. Kanal qazish, uni taʼmir qilish, harbiy istehkomlar qurish va b. ogʻir yumushlarni bajarishda mardikorlar — safarbar qilinganlardan foydalanilgan. Baʼzan markaziy hukumat farmoni bilan Mardikorlikka viloyatlar aholisi jalb etilgan. … Читать далее

MANGʻISHLOQ

MANGʻISHLOQ (qozoqcha Manqistov) — Kaspiy dengizining sharqiy qirgʻogʻidagi ya. o. Qozogʻistonning Mangʻishloq ewionmu tarkibida. Mangʻishloq nomi qadimdan mashhur. «Devonu lugʻotit turk», «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» kabi asarlarda ham tilga olingan. Yarim orolning jan.-gʻarbiy qismi tekislik va bu yerlarda baʼzan dengiz sathidan past botiklar (mas, Qoragiye — 132 m) uchraydi. Jan.-sharqida Mangʻishloq platosi (278 m gacha), shi-m. … Читать далее

MONROVIYA

MONROVIYA — Liberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga … Читать далее

MISSURI

MISSURI — AQSHning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Mayd. 180,5 ming km2. Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Jefferson-Siti sh. ; yirik shaharlari — SentLuis va Kanzas-Siti. Missurining yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Jan. da Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻtadil iqlim. Yanv. … Читать далее