SUV XOʻJALIGI

SUV XOʻJALIGI — xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining … Читать далее

SHOHIMARDONSOY

SHOHIMARDONSOY (Archaboshi, Oqsuv, Margʻilonsoy) — Fargʻona viloyatidagi daryo. Olay va Turkiston tizmalarining shim. yon bagʻridan boshlanadigan Oqsuv va Koʻksuv soylarining qoʻshilishidan (Shohimardon qishlogʻi yaqinida) hosil boʻladi. Vodil qishlogʻidan Fargʻona shahrigacha Margʻilonsoy, undan quiiroqda Shohimardonsoy nomi bilan maʼlum. Uz. 112 km. Havzasining mayd. 1300 km2. Qisman Qirgʻiziston hududidan oqib oʻtadi. Bir necha tarmoqqa boʻlinadi. Shohimardonsoyga 32 … Читать далее

CHORTOQ TUMANI

CHORTOQ TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1950-y. 15 apr. da tashkil etilgan. Gʻarbdan Yangiqoʻrgʻon, jan., jan. sharqdan Uychi tumanlari, shim. va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,36 ming km2. Aholisi 143,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alixon, Bogʻiston, Gulshan, Koroskon, Muchum, Oyqiron, Peshqoʻrgʻon, Saroy, Hazratisho) bor. Markazi Chortoq … Читать далее

CHIRCHIQ VODIYSI

CHIRCHIQ VODIYSI — Gʻarbiy Tyanshandagi vodiy, Toshkent viloyati hududida. Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shim. gʻarb va shim. da Qorjontov va Ugom tizmalari, shim. sharq va sharkda Talas Olatovi, jan. sharqda esa Chatqol tizmasi bilan oʻralgan. Jan. va jan. gʻarbiy kismlari tekislikka tutashgan. Uzunligi Alizar koʻtarilmasidan … Читать далее

BOYPOʻRISHLISOY

BOYPOʻRISHLISOY — Samarqand viloyatidagi soy. Nurota togʻlarining jan. yon bagʻridan 1700 m balandlikdagi buloklardan boshlanadi. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Uz. 15 km. Urtacha yillik suv sarfi 50—100 l/sek. Boypoʻrishlisoy bahorda sel kelganda Oqtepasoyga qoʻshiladi. Пост Навигацияси

BURGANSOY

BURGANSOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmogʻi. Oqtogʻning jan. yon bagʻridan 1600 m balandlikdai Qoragʻachsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uz. 23 km, havzasining mayd. 34,7 km2. Soyga 50 dan ortiq irmoq qoʻshiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo koʻp joylarida chuqur daralar orqali oʻtadi. Quyi oqimida vodiy 500—800 … Читать далее

BAQACHINORSOY

BAQACHINORSOY (Kalqonotasoy) – Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Koratogʻning jan. yon bagʻridan 850 m balandlikdan boshlanadi va Zaraf-shon daryosiga yetmasdan, Qalqonota qishlogʻi yonida tugaydi. Uz. 28 km, hav-zasining mayd. 142 km2. B. juda kamsuv, asosan buloq suvlaridan tuyinadi, faqat yogʻingarchilik paytlarida toʻlibroq oqadi. Bahorda Baqachinorsoydan koʻpincha sel keladi. Eng yirik irmogʻi Bironsoy. Пост Навигацияси

BAXMOZORSOY

BAXMOZORSOY — Jizzax viloyati Baxmap tumanitsat soy. Sangzor daryosining chap irmogʻi. Qoratepa togʻi (Turkiston tizmasi)ning shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 21 km, suv toʻplash mayd. 44,6 km3, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,52 m3/sek. Baxmozorsoy asosan buloqsuvlaridan, bahorda qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlinsuv davri martning oʻrtalaridan iyulning urtalarigacha davom etadi. Baxmozorsoyda apr., may oylarida … Читать далее

BESHTRAMSOY

BESHTRAMSOY — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoshsoy, oʻrta va quyi oqimida Shoʻrgʻasoy deb ham ataladi. Qoratogʻning jan. yon bagʻrida 1100 m balandlikdan boshlanadi. 9 ta irmogʻi bor. Uz. 22 km, havzasining mayd. 41 km2. B. juda kamsuv. Yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Baʼzan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi … Читать далее

GOʻRIFOTIMA

GOʻRIFOTIMA (yuqori oqimida Gulxossoy, oʻrta oqimida Togʻchisoy) — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpolondaryoga chapdan quyiluvchi Obizarang (Dashnobod) daryosining chap irmogʻi. Uz. 22 km, havzasining mayd. 116 km2. Navoiy togʻlari (3836 m)dan oqib tushuvchi oʻndan ortiq irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Suvining asosiy qismi Tojikiston Respublikasi hududida vujudga keladi. Goʻrifotima asosan qor, yomgʻir, buloqlar va qisman … Читать далее