KOLGUYEV

KOLGUYEV — Barens dengiziningjan.-sharqiy qismidagi orol. Materikdan 75 km uzoqlikda. RF Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugi tarkibida. Mayd. 3,2 ming km2. Yer yuzasi tekis. Kul va botqoqlik koʻp. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, lemminglar bor. Yezda suv parrandalari uchib keladi. Bugʻuchilik, baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Loading… Пост Навигацияси Previous PostKOKSIDLAR Next PostKOLESOV VOQEASI

KOLCHAK Aleksandr Vasilyevich

KOLCHAK Aleksandr Vasilyevich (1873, Sankt-Peterburg — 1920, Irkutsk) — Rossiya harbiy arbobi, qutb tadqiqotchisi, gidrolog, Rossiyadagi Fukarolar urushida oqlar harakatining bosh rahbarlaridan biri, admiral (1918). Qutbga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda (1900-02, 1903, 1908-11) qatnashgan. Birinchi jahon urushi davrida Qora dengiz floti qoʻmondoni (1916—17). Bolsheviklar hokimiyati va sovet rejimiga qarshi kurashgan. 1918-y. okt. da inglizlar yordamida Omskiy egalladi. … Читать далее

KIM PEN XVA

KIM PEN XVA (1905, hoz. RF Primorye oʻlkasi Krounovka qishlogʻi — 1974.7,5, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani) — q. x. ishlab chiqarishi tashkilotchisi, dehqonchilik amaliyoti novatori. 2-marta Mehnat Qahramoni (1948; 1951). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor (1964). 1939-y. dan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi «Polyarnaya zvezda» k-zi (hoz. Kim Pen Xva nomidagi shirkat … Читать далее

EREBUS

EREBUS — Antarktidaning gʻarbiy qismidagi harakatdagi vulkan, Ross o. da. Bal. 3794 m. Bazalt jinslardan tuzilgan. Kalderasida fumarol va geyzerlar bor. 1841-yilda qutb tadqiqotchisi E. Ross rahbarligidagi ingliz ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan va ekspeditsiya kemalaridan birining nomi bilan Erebus deb atalgan. Пост Навигацияси

ELEKTR TOKINI UZATISH

ELEKTR TOKINI UZATISH — elektr st-yasidan elektr energiyasini muayyan masofaga elektr uskunalari va qurilmalari yordamida yetkazib berish. Elektr tokini uzatish qurilmalariga kuchlanishni kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar, tayanchlarga tortiladigan simli va yerga koʻmiladigan kabelli elektr uzatish liniyalari, avariyaga qarshi va himoyalash avtomatika apparatlari kiradi. Energiya liniya orqali uzatilayotganda sim qarshiligini yengish uchun energiyaning maʼlum qismi yoʻqoladi. … Читать далее

BELLINSGAUZEN Faddey Faddeyevich

BELLINSGAUZEN Faddey Faddeyevich [11778.9 (20). 9, Ezel o., hoz. Saarema o., Estoniya Respublikasi — 1852, 13 (25). 1, Kronshtadt] — rus dengizchi sayyohi va tadqiqotchisi, admirali. 1803 — 06 y. larda dunyo aylana dengiz sayohatida ishtirok etgan. 1819 — 21 y. larda «Vostok» va «Mirniy» kemalarida Antarktidaning qutb yoni zonalarini oʻrganish va nomaʼlum yerlarni kashf … Читать далее

XALQARO GEOFIZIKA YILI

XALQARO GEOFIZIKA YILI — 1957-y. 1-iyuldan 1958-y. 31 dek. gacha oʻtgan (18 oy) davr; bu davr ichida butun Yer sharidagi 67 mamlakatda yagona dastur va metodika asosida geofizik kuzatishlar va tadqiqotlar olib borildi. Xalqaro geofizika yili bundan ilgari oʻtgan ikkita Xalqaro qutb yillarining davomi boʻldi. Quyosh aktivligining maksimum davriga toʻgʻrilangan Xalqaro geofizika yili dasturiga kuyidagi … Читать далее

SSIFOMEDUZALAR

SSIFOMEDUZALAR (Scyphozoa) boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. Ssifomeduzalar yirtqich, qar xil plankton … Читать далее

PASKAL CHIGʻANOGʻI

PASKAL CHIGʻANOGʻI — toʻrtinchi tartibli yassi chiziq. Aylananing biror O nuqtasidan chiqqan vatarlarini berilgan a kesmaga uzaytirish va qisqartirish natijasida hosil boʻlgan M va Mt nuqtalar toʻplami (rasmga q.) P. ch. ning Dekart koordinatalar ti-zilshdagi tenglamasi (x2+y2—2Rx)1=ahx2+y2), qutb koordinatalari sistemasida r=2L«yuf±a, bunda R — berilgan aylana radiusi. a=2R boʻlsa, Paskal chigʻanogʻi kardiodadan iborat. a>2R boʻlsa, … Читать далее

FRANS-IOSIF YERI

FRANS-IOSIF YERI — Barens dengizining shim. dagi arxipelag, RFga qarashli. Mayd. 16,1 ming km2. 190 ta oroldan iborat. Uch qismga boʻlinadi: sharqiy qismi boshqa orollardan Avstriya boʻgʻozi bilan ajralgan Vilchek Yeri (2059 km2), GreemBell o. lari (1708 km2) va b. ; markaziy qismi — Avstriya boʻgʻozi b-n Britaniya kanali oraligʻida joylashgan orollar; gʻarbiy qismi — … Читать далее