PAROTIT

PAROTIT (para… va yun. otos — quloq) , tepki — kuloq oldi soʻlak bezining yalligʻlanishi. Epidemik boʻlmagan Parotit va epidemik parotit farkdanadi. Oʻtkir epidemik boʻlmagan Parotit koʻproq katta yoshdagi kishilarda kuzatiladi va yuqumli kasalliklar (tif, dizenteriya va b.), ogʻir operatsiyalar, bezlarning zararlanishi, stomatit va b. oqibatida paydo boʻladi, koʻpincha stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Kasallik boshlanishida soʻlak bezlari … Читать далее

NESTLE

«NESTLE» (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida «jajji uya») — Shveysariyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri. Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866-y. da ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona suti oʻrnini bosadigan «Nestle sut uni»ni yaratdi va uni i. … Читать далее

SEBOREYa

SEBOREYa (lot. sebum — yogʻ va yun. rhoia — kechmoq) — teri kasalligi. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Asosan, gipofiz bezining faoliyatiga, yogʻ almashinuvi va teri yogʻ bezlari ishining buzilishiga bogʻliq. Seboreyada yogʻ bezlaridan ajralib chiqadigan yogʻ koʻpayib yoki kamayib ketib, sifati ham oʻzgaradi. Koʻpincha balogʻatga yetayotgan oʻsmirlarda uchraydi. Kishi qariganida Seboreya alomatlari kamayadi … Читать далее

UREMIYA

UREMIYA (yun. uron — siydik va haima — qon) — buyrak faoliyati yetishmovchiligi natijasida organizmning siydik bilan zaharlanishi. Ogʻir kechadi. Uremiyada buyrak suv va tuz almashinishi, kislotaishqor muvozanatini rostlay olmay qrladi, oqsil almashinuvining zaharli mahsulotlari toʻplanadi, nervgormonal regulyatsiya ham oʻzgaradi, bu esa organizmdagi barcha aʼzo va sistemalar faoliyatining buzilishiga olib keladi. U utkir va surunkali … Читать далее

DIYETOLOGIYA

DIYETOLOGIYA (diyeta va…logiya) , diyetetika — xasta va sogʻlom odamlarning maqbul ovqatlanishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. Turli kasalliklarga chalingan bemorlarning ovqatlanish tarzini ishlab chiqadi va asoslab beradi (q. Parhez bilan davolash). D. ovqatning kimyoviy tarkibi, ovqatlanish tartibi, uni isteʼmol qilish vaqti, hajmi, ovqatlanishlar orasidagi vaqt va b. ni oʻz ichiga oladi. Diyetologiya tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. … Читать далее

CHAKKA

CHAKKA — suzmaga oshkoʻklar aralashtirib tayyorlanadigan xushxoʻr parhez taom. Bu taom koʻproq Samarkand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yoz oylarida tayyorlanadi. Chakka tayyorlash uchun suzma yaxshilab iylanib tuz, tuyilgan murch, mayda toʻgʻralgan koʻkpiyoz, kashnich, ukrop, rayhon qoʻshib aralashtiriladi. Chakka salat sifatida dasturxonga tortiladi. Пост Навигацияси

DISPANSER

DISPANSER (frans. dispensaire — taqsimlayman) — bemorlarning ayrim guruhlariga muntazam davolash-profilaktika yordami koʻrsatadigan maxsus tibbiy muassasa. Oʻz sohasiga oid bemorlar sonini aniqlash, ularni qisobga olish, davolash, ahvollarini kuzatib borish, ish va yashash joylarining sharoitini oʻrganish, bundan tashqari, kasalliklarga qarshi kurashish, oldini olish choralari bilan bogʻliq sanitariya-maorifi masalalarini ishlab chiqish, targʻib qilish Dispanserning muhim vazifasidir. Sil, … Читать далее

HUSNBUZAR

HUSNBUZAR — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi natijasida teriga turli xil toshmalar toshishi. Bir necha xil Husnbuzar bor. Oddiy Husnbuzar (yigit guli) koʻpincha yigit-qizlar balogʻatga yetish davrida yuz, koʻkrak va ensa terisida paydo boʻladi. Bu davrda yogʻ bezlari zoʻr berib ishlaydi. Yuz, koʻkrak va yelkalarda yogʻli seboreya alomatlari kuzatilib, teri yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayib, … Читать далее

CHINOBOD SANATORIYSI

«CHINOBOD» SANATORIYSI — ovqat hazm qilish aʼzolari (meʼda, ichak, jigar va oʻt pufagi) kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan tibbiy sogʻlomlashtirish maskani. Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan. Sanatoriy hududi 1938-y. da paxta tozalash zdlari ishchilarining dam olish zonasi boʻlgan, 1941-y. evakuatsiya qilingan gospital joylashtirilgan, 1946-y. sanatoriyga (75 oʻrinli) aylantirilgan. «Chinobod sanatoriysi» s. ning hozirgi mayd. 19 ga, atrofi mevali … Читать далее

TEMIRATKI

TEMIRATKI — tashqi koʻrinishi, kechishi va keltirib chiqaruvchi sabablari turlicha boʻlgan koʻpchilik teri kasallikyaarinch ifodalovchi termin. Qichishib, usti qipiklanib turadigan har xil toshmalar qadimdan Temiratki deb atalgan. Qizil yassi T., pushti Temiratki, yuzdagi oddiy Temiratki, psoriaz — qipikli Temiratki, trixofitiya — qirma T. va b. farq qilinadi. Qizil yassi temiratki — terining surunkali kasalligi. Bunda … Читать далее