PAROTIT

PAROTIT (para… va yun. otos — quloq) , tepki — kuloq oldi soʻlak bezining yalligʻlanishi. Epidemik boʻlmagan Parotit va epidemik parotit farkdanadi. Oʻtkir epidemik boʻlmagan Parotit koʻproq katta yoshdagi kishilarda kuzatiladi va yuqumli kasalliklar (tif, dizenteriya va b.), ogʻir operatsiyalar, bezlarning zararlanishi, stomatit va b. oqibatida paydo boʻladi, koʻpincha stafilokokklar qoʻzgʻatadi. Kasallik boshlanishida soʻlak bezlari shishib, qattiq boʻlib qoladi, ogʻiz qaqraydi, pastki jagʻning harakatlanishi qiyinlashadi. Gavda t-rasi koʻtarilib, bez yoʻlidan yiring ajraladi. Baʼzan yuz nervi zararlanib nevrit paydo boʻlishi, bez massasining nekrozga uchrashi, abssess vujudga kelishi va b. asoratlar qolishi mumkin. Kasallik, asosan, 10—15 kunda tuzala boshlaydi yoki qaytalab turadigan surunkali shaklga oʻtadi.

Davosi. Shishni qaytaruvchi doridarmonlar, antibiotiklar, parhez buyuriladi, abssess hosil boʻlganda operatsiya qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x