ESHAKEMI

ESHAKEMI, urtikariya — teriga, baʼzan shilliq qavatlarga toshmalar toshishi bilan kechadigan kasallik. Organizmning allergik reaksiyasi (q. Allergiya), ayrim ovqatlar (tuxum, shokolad, qulupnay, mandarin) va dorilar (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, xinin va boshqalar)ga nisbatan sezuvchanlikning ortishi, hasharotlar (ari, chayon) chaqishi, gul hidlash yoki biror oʻsimlik (qichitqi oʻt) tegib ketishi tufayli vujudga keladi. Bir necha soatdan keyin Eshakemi … Читать далее

PISHLOQ

PISHLOQ, sir — sutni ivitib, ishlov berish yoʻli bilan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Sigir, qoʻy, echki, buyvol sutidan yoki ularning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15—27% yengil hazm boʻladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, 20—32% yogʻ, shuningdek, kalsiy, fosfor tuzlari va vitaminlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav P. kaloriyasi 350—400 kkal ga teng. Pishloq parhez … Читать далее

TIBET TIBBIYOTI

TIBET TIBBIYOTI — davolash tizimi: qad. hind va xitoy tibbiyotiga asoslangan. 5—6-a. larda Tibet xududida tarqalgan. Tibet tibbiyotida bemorlar, asosan, oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan (1000 dan ziyod) tayyorlangan dorilar bilan davolanilgan, shuningdek, parhez buyurilgan. Zamonaviy tibbiyot fanida Tibet tibbiyotiga turlicha qaraladi. Пост Навигацияси

PARHEZ BILAN DAVOLASH

PARHEZ BILAN DAVOLASH, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va b.)ni davolash va oldini olish maqsadida par-hezdan foydalanish. Parhez bilan davolash bilan d. dori-darmonlar va b. davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. Parhez bilan davolash bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-a. ning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda … Читать далее

TOLQON

TOLQON — 1) ovqat turi. Tolqon qoʻqonjoʻxori, makkajoʻxori, bugʻdoy, oqishoq, qotgan non, meva qoqilaridan tayyorlanadi. Tayyorlash usuli: qovurilgan don, quritilgan non yoki meva qoqilar oʻgʻir yoki hovonchada tuyiladi, soʻngra elab olinadi; zarur hollarda shakar qoʻshib isteʼmol qilinadi. Toʻqtutar va parhez mahsulot; 2) umuman tuyilgan narsa, kukun. Пост Навигацияси

XOLANGIT

XOLANGIT (yun. chole — oʻt va anderon — tomir) , angioxolit — oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi. Xolangitni, odatda, ichak tayoqchasi va b. mikroblar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha xoletsistit, oʻttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infeksiya oʻt yoʻllariga oʻt pufagi, meʼdaichak yoʻli, meʼda osti bezidan va limfa, qon orqali tushishi mumkin. Shuningdek, oʻt yoʻli motor funksiyasining buzilishi yoki tosh paydo … Читать далее

TERAPIYA

TERAPIYA (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va b. fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va b. yoʻllar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki … Читать далее

EKZEMA

EKZEMA (yun. — pufakcha, toshma) , gush — terining allergik kasalligi (q. Allergiya). Nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, organizmda surunkali infeksiya manbai boʻlishi (tonzillit, gaymorit va boshqalar), shuningdek, meʼdaichak kasalliklari oqibatida organizm sezuvchanligining ortishi va boshqalar Ekzemaga sabab boʻladi. Ekzema oʻtkir boshlanib, keyin surunkali tus olishi va qaytalashi mumkin. Ekzemaning oddiy (vulgar), surunkali, kontaktli, … Читать далее

ECHKICHILIK

ECHKICHILIK — chorvachilikning echkilarni boqish va koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi. Jahon boʻyicha 709,9 mln. bosh echki boqiladi. Uning asosiy qismi Osiyo (443,7 mln. bosh), Afrika (205,6 mln. bosh), Janubiy Amerika (25,9 mln. bosh) mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Echkichilik xoʻjaliklari togʻ, baland togʻ oʻtloqlari, choʻl yaylovlari va dashtlarda joylashgan. Iqlim sharoitiga moslashgan serjun echki zoti Oʻzbekistonning jan. … Читать далее

EKLAMPSIYA

EKLAMPSIYA (yun. — chaqnash) — homiladorlik toksikozlarining xavfli shakli. Birinchi marta boʻyida boʻlgan, aksari egiz homiladorlik yoki buyrak, yuraktomir kasalliklari bor ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarmida, koʻpincha soʻnggi oylarida vujudga keladi. Eklampsiyaning asosiy belgʻisi tutqanoq tutishidir. Eklampsiyadan avval nefropatiya va preeklampsiya alomatlari (qattiq bosh ogrishi, koʻz xiralashishi, koʻz oldi jimirlashishi, qon bosimi koʻtarilishi, siydikda oqsil koʻpayishi, … Читать далее