PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

PSORIAZ

PSORIAZ (yun. psoriasis — qichima) , qipiqli temiratki — yuqmaydigan surunkali teri kasalligi. Mod-dalar almashinuvi (xususan, yogʻ va uglevod almashinuvi), nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, tonzillit, gaymorit, xoletsistit, adnek-sit va b. oqibatida kelib chiqishi, «suyak surishi» mumkin. Koʻpincha boshning sochli qismi, tizza, tirsak va qoʻl-oyoq yuzasida paydo boʻladi. Dastlab terida mayda, pushti yoki qizgʻish … Читать далее

POLIZ EKINLARI

POLIZ EKINLARI — oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida ekiladigan, palak otib oʻsadigan madaniy ekinlar guruhi. Ayrim olimlar Poliz ekinlariga faqat tarvuz, kovun va qovoqnn kiritadilar; chirmashib yoki yerda yotib usadi. Osiyo, Afrika va Amerikaning tropik va subtropik mamlakatlaridan tarqalgan. Hoz. davrda barcha qitʼalarda ekiladi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Ukraina, AQSH, Bolgariya, Ispaniyada koʻp yetish-tiriladi. Poliz ekinlari … Читать далее

MEVA-SABZAVOT KONSERVALARI

MEVA-SABZAVOT KONSERVALARI — meva va sabzavotlarga turli usullarda ishlov berish yuli bilan tayyorlanadigan konservalar. Meva konservalari: shakar qoʻshib konservalangan yangi rezavor mevalar yoki ulardan tayyorlangan kompotlar, pyure, sharbatlar (q. Meva sharbati), murabbo va b. Shuningdek, muzlatilgan mevalar, rezavor mevalar ham meva konservalariga kiradi. Sabzavot konservalari: toʻgʻrab yoki butun holida konservalangan sabzavotlar (sabzi, lavlagi, gulkaram, koʻk … Читать далее

PROFILAKTORIY

PROFILAKTORIY — davolashpro-filaktika muassasasi. Aholini ishdan ajralmagan holda davolaydi, dam olish uchun sharoit yaratadi. Yirik i. ch. korxonalari qoshida kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadi. Profilaktoriyga kunduzgi (kechasi ishlaydiganlar uchun), tungi (kunduzi ishlaydiganlar uchun) sanatoriylar, parhez oshxonalari va b. kiradi. Profilaktoriy ish qobiliyatini saklashga, kasalliklar kamay-ishiga imkon beradi. Umumiy terapiya (ichki kasalliklarni davolaydigan) va, maxsus … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

PROSTATA BEZI ADENOMASI

PROSTATA BEZI ADENOMASI — yoshi ulgʻaygan erkaklarda prostata bezining kasallanib, oʻsmasimon (xavfsiz) kattalashuvi. Prostata bezi adenomasi sekin rivojlanadi, dastlabki belgisi tez-tez va, ayniqsa, tunda zahartang qilishidir; avvaliga siydik ingichkalanib tusha-di va uzoqqa bormaydi. Bemor goʻyo oyogʻi orasiga siygandek boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu holat kuchayadi: siydik tomchilab keladi, baʼzan toʻliqtutilib ^lishi ham mumkin. Kasallik juda … Читать далее

OʻRDAK

OʻRDAK, xonaki oʻrdak — oʻrdaksimonlar oilasiga mansub parranda. Mil. dan ming yil oldin xonakilashtirilgan. Yovvoyi oʻrdak — kryakvadan kelib chiqqan. Oʻrdak deyarli barcha mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy (562 mln. bosh), Indoneziya (28 mln. bosh), Vyetnam (50 mln. bosh)da koʻp urchitiladi. Jahonda jami 830 mln. bosh Oʻrdak boqiladi (1999). Oʻrdakning tana tuzilishi qayiqsimon, koʻkragi keng, boʻyni va … Читать далее

KURORT

KURORT, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va b.)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashqil etiladi. Tabiiy davo vositalarining xarakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan … Читать далее

ENTERIT

ENTERIT (yun. — ichak) — ingichka ichakning yalligʻlanishi. Odatda, Enterit yakka holda kechmay, aksari ingichka va yoʻgʻon ichaklarning baravar yalligʻlanishi — enterokolit yoxud ichak va meʼdaning bir vaqtda yalligʻlanishi — gastroenterit koʻrinishida uchraydi. Oʻtkir va surunkali Enterit farqdanadi. Oʻtkir Enterit aksari yoz va kuzda (koʻproq issiq vaqtda) kuzatiladi. Odamda, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar (yaʼni buzilib qolgan … Читать далее