TOVAR

TOVAR (rus.) — 1) ishlab chiqarish. iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va b. koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. … Читать далее

BAZIS NARX

BAZIS NARX — 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari (mas, milliy daromad hajmi, sanoat, q. x. yalpi mahsuloti va b.) dagi oʻzgarishlarni, indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. Turli yillarda narxlar oʻzgarib turgani uchun mazkur koʻrsatkichlar dinamikasini narxlarga qarab hisoblab boʻlmagan, shu sababli hisobkitob hamda rejalashtirish ishlarida Bazis narx qoʻllanilgan; … Читать далее

NARX PARITETI

NARX PARITETI — bir tovar narxining boshqa tovar narxiga nisbati. Narx pariteti bir tovarning boshka tovarga qanday miqdorda tenglashuvini, bir tovarni sotishdan tushgan pulga qancha boshqa tovar berilishini bildiradi. Narx pariteti oʻzgarishi bozor holatiga bogliq boʻlganida unga talab-taklif nisbati, xarajatlar, narx b-n raqobatlashuv taʼsir etadi. Davlat narxning ortishi yoki pasayishini cheklab qoʻyganda bu bozor holatidan … Читать далее

YERDAN FOYDALANISH TAHLILI

YERDAN FOYDALANISH TAHLILI — yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarning faoliyatini baholashda q. x. da asosiy i. ch. vositasi boʻlgan yerdan foydalanish samaradorligini oʻrganish. Yerdan foydalanish tahlili qishloq xoʻjaligi yerlari maydoni va tarkibiy oʻzgarishlar, hududni tashkil etish va almashlab ekishii oʻzlashtirish holati, yer sifatini yaxshilash rejasining bajarilishi, xoʻjalikda yerdan foydalanish samaradorligi; oʻzlashtiriladigan yerlar mikdori va … Читать далее

RAQOBAT

RAQOBAT — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda i. ch. va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi Raqobat oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish … Читать далее

ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH — iqtisodiy omillar yordam ida korxona iqti-sodiy manfaatlariga taʼsir koʻrsatadi. Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish moddiy i. ch. ni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish imtiyozli kreditlar berish, i. ch. ga toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalar ajratish, soliq im-tiyozlari berish, tashki faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, davlat xarid narxlarini koʻtarish, ish haqidan … Читать далее

INFLYATSIYA

INFLYATSIYA (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish) , pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar mikdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet … Читать далее

KANTOROVICH Leonid Vitalyevich

KANTOROVICH Leonid Vitalyevich [1912.6(18).1, Peterburg — 1986.7.4, Moskva] — rus matematigi va iqtisodchisi, akad. (1964). Leningrad un-tini tugatgan (1930). Ilmiy ishlari hisoblash mat. sini iqtisodiyotda tatbiq etishga bagʻishlangan. Birinchi boʻlib funksional analiz usullarini hisoblash mat. siga qoʻllagan, xususan, operatorli tenglamalarni taqribiy yechish usullarini ishlab chiqqan. Chiziqli dasturlash sohasiga asos solgan. Chizikli dasturlash asosida iqtisodiy resurslardan … Читать далее

QOʻSHILGAN QIYMAT

QOʻSHILGAN QIYMAT — i. ch. (xiz matlar koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yara-tilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa fir-malardan resurslar (materiallar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. … Читать далее

IQTISODIY SIKL

IQTISODIY SIKL — umumiy iqti sodiy faollikning muayyan yillar davomida davriy yuksalib va pasayib, tebranib turishi; bir necha yillar da-vomida iqtisodiyotda yuksalish va pasayishning davriy takrorlanib turishi, yuksalish, tanglik, depressiya, jonlanish fazalaridan iborat. Vaqtga nisbatan har 20—25 y. da takrorlanib turadigan uzoq va har 5—10 y. da takrorlanadigan qisqa Iqtisodiy sikl bor. Alohida Iqtisodiy sikl … Читать далее