QOʻSHILGAN QIYMAT

QOʻSHILGAN QIYMAT — i. ch. (xiz matlar koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yara-tilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa fir-malardan resurslar (materiallar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. Mazmunan Qoʻshilgan qiymat ishlab chiqarilgan yoki yaratilgan tovar va xizmatlar narxining bir qismi sifatida gavdalanadi.

Hoz. davrda narxnm va uning bir qismi boʻlgan Qoʻshilgan qiymatni aniqlashda neoklassik sintez nuqtayi nazari keng tarqalgan. Bunga koʻra Q. q. ni ifodalashda faqat klassik qarash, yaʼni tovarga sarflangan mehnat (obyektivlik) nuqtayi nazaridan emas, balki tovarning nafliligi (subyektivlik) ham hisobga olinadi. Bosqichli i. ch. jarayonida Qoʻshilgan qiymat har bir bosqich boʻyicha alohida hisoblanadi. Mas, sotib olingan xom ashyo qiymati 60 pul birligi boʻlsa, u qayta ishlangandan keyin qiymati 100 pul birligiga yetkazildi (Q. q. =40). Ulgurji va chakana savdo korxonalarida Qoʻshilgan qiymat 75 pul birligini tashkil etdi (100+25=125; 125+50=175). Shunday qilib, piro-vard natijada sotuvning umumiy qiymati 460 pul birligini, Qoʻshilgan qiymat 175 pul birligini tashkil etadi. Qoʻshilgan qiymat miqdori darajasini bozor hal qiladi. Nafliligi yuqori tovarni bozor maʼqullab, uning haqini toʻlaganda, xarajat oʻzgarmagan taqdirda ham. Qoʻshilgan qiymat yuqori boʻlishi mumkin. Nafliligi past boʻlganda buning aksi yuz beradi. Qiymatga qoʻshimcha qoʻshilishi i. ch. da, eng avval mikro, yaʼni firmalar darajasida yuz beradi, ammo uning naqadar maqbulligini bozor hal qiladi. Qoʻshilgan qiymat narx tarkibiga kiradi va buning uchun belgilangan soliq (qoʻshilgan qiymat soligʻi) ni isteʼmolchi toʻlaydi. Qoʻshilgan qiymatning oz yoki koʻp boʻlishiga qarab i. ch. samaradorligini aniqlash mumkin. Korxona va sektorlar doirasida Qoʻshilgan qiymat miqdori qanchalik yuqori boʻlsa, pirovard natija ham shunchalik yuqori boʻladi. Oʻzbekistonda Qoʻshilgan qiymat tushunchasi va uni hisoblash amaliyoti 20-a. ning 90-y. lari boshidan qoʻllanila boshladi.

Shuhrat Toshmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x