ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH — iqtisodiy omillar yordam ida korxona iqti-sodiy manfaatlariga taʼsir koʻrsatadi. Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish moddiy i. ch. ni rivojlantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish imtiyozli kreditlar berish, i. ch. ga toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalar ajratish, soliq im-tiyozlari berish, tashki faoliyatni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, davlat xarid narxlarini koʻtarish, ish haqidan olinadigan soliqlar stavkasini pasaytirish, eksport-import tovarlarini boj toʻlovidan ozod qilish va b. dan iborat. Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish korxona bilan davlat oʻrtasidagi, korxonalararo hamda korxona bilan uning xodimlari orasidagi iqti-sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish ayni vaqtda, moddiy i. ch. dagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini ham aks ettiradi. Davlat bilan korxona orasidagi iqtisodiy munosabatlar korxonada olingan foydani taqsimlash, ishlab chiqarilgan mahsulotga narx qoʻyish, i. ch. fondlari uchun toʻlov meʼyorlarini belgilash, korxonaga zarur boʻlganda kredit berish va b. tadbirlarda namoyon boʻladi. Korxona bilan xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar esa ishchilar (mutaxassis)ning shaxsiy moddiy manfaatini qondirish uchun boʻlgan intilishlarida va ularning mehnatiga qarab haq toʻlashda oʻz aksini topadi.

Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimi xodimlarining oʻz mehnat natijalaridan bevosita moddiy manfaatdorligini taʼminlagan taqdirdagina yaxshi samara beradi. Shu tufayli Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirishni takomillashtirish, dastavval xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishni taqozo qiladi. Ishchilarni moddiy ragʻbarlantirish, asosan, ish haqi, mukofotlash, kashfiyot, ixtiro va ra-sionalizatorlik takliflari uchun taqdirlash orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning fonda va b. manbalar xiso-biga tashkil qilinadigan iqtisodiy ragʻbatlantirish fondlari, ijtimoiymadaniy tadbirlar va i. ch. ni rivojlantirish fondlari Ishlab chiqarishni iqtisodiy ragʻbatlantirishda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x