ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI

ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI SINDROMI (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQSHda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-y.). Bu … Читать далее

TOKSINLAR

TOKSINLAR — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan Toksinlar ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial Toksinlar ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz … Читать далее

TIBBIYOT

TIBBIYOT, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur … Читать далее

RISHE

RISHE (Richet) Sharl (1850.26.8 Parij — 1935.4.12) — fransuz immunologi va fiziologi. Parij FA aʼzosi (1914) va prezidenti (1933-y. dan), 1887-y. dan Parij un-ti fiziologiya prof. Ilmiy faoliyati ovqat hazm qilish fiziologiyasiga oid. 1888-y. fanga «passiv immunitet» tushunchasini kiritgan. 1902-y. organizmning yot oqsillarga boʻlgan allergik reaksiyasini oʻrganib, uni anafilaksiya deb ifodalagan. Rishe immunitet va seroterapiya, … Читать далее

QUTURISH

QUTURISH — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (q. Gid-rofobiya). Fransuz olimi Lui Paster 19-a. ning 2-yarmida q. kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli Quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansi-yalari … Читать далее

YUMSHOQ SHANKR

YUMSHOQ SHANKR, shankroid, venerik yara — oʻtkir yuqumli tanosil kasalliklardan; jinsiy aʼzolar terisi yoki shilliq qavatlarida ogʻrib turadigan yumshoq yaralar paydo boʻlishi bilan ifodalanadi, uni Yumshoq shankr deb atalishining sababi ham shundan. PetersenDyukreyUnna streptobatsillalari qoʻzgʻatadi, uni rus olimi Petersen (1887), italyan vrachi Dyukrey (1889), nemis olimi Unna (1892) topgan. Kasallik asosan jinsiy yoʻl bilan yuqadi. … Читать далее

YALLIGʻLANISHGA QARSHI DORILAR

YALLIGʻLANISHGA QARSHI DORILAR — yalligʻlanish jarayonini susaytirishda qoʻllaniladigan dorilar; ular sirtga, ogʻiz orqali, rektal va inyeksion qoʻllash uchun moʻljallangan boʻlib, deyarli barcha dori shakllari holida ishlab chiqariladi. Yalligʻlanishga qarshi dorilarni qoʻllash yalligʻlanish jarayoni qaysi aʼzoda kuzatilayotganligi, uning patogenezi va boshqalarga bogʻliq. Farmakologik faol birikmalarning turli guruhlariga mansub koʻpgina dori vositalari yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, ular … Читать далее

IMMUNLASH

IMMUNLASH — sunʼiy yoʻl bilan immunitet vujudga keltirish. Infeksion kasalliklarning oʻldirilgan yoki zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilari mikroblarini yoki mikroblarning zaiflatilgan zaharlarini organizmga kiritib, aktiv (faol) immunitet hosil qilish. Vaksinatsiyalangan hayvonlar yoki kasallikni boshidan kechirgan kishilar qonida antitelolar paydo boʻladi. Bunday qon zardobini (shuningdek, gamma-globulinlarni) kishi organizmiga kiritib, passiv immunitet vujudga keltirish mumkin (yana q. Emlash). Пост Навигацияси

ISITMA

ISITMA — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda t-rasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda t-rasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan Isitma deb atalgan. Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon Isitma deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, … Читать далее

LEYKOTSITLAR

LEYKOTSITLAR (leyko… va yun. Cytus — hujayra) , oq qon tanachalari — odam va hayvonlar qonidagi rangsiz hujayralar; qonning yadroli shaklli elementlari. Yadrosining shakli har xil, shunga koʻra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajrati-ladi. Leykotsitlar koʻmik, limfa tugunlari va ta-loqsa hosil boʻladi. Donali Leykotsitlar (granulotsitlar) va donasiz Leykotsitlar (agranulotsitlar) farq qilinadi. Qonni tekshirganda Leykotsitlarning … Читать далее