MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

KOʻKYOʻTAL

KOʻKYOʻTAL (frans. cogueluche) – boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik. Koʻpincha bolalarda uchraydi. Borde-Jangu tayoqchasi degan bakteriya qoʻzgʻatadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yoʻtalganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi Koʻkyoʻtal tayoqchasi sogʻlom bolaning nafas yoʻllari orqali organizmga kiradi. Koʻkyoʻtal qoʻzgʻatuvchisi bola … Читать далее

PANZOOTIYA

PANZOOTIYA (pan… va yun. zoon — hayvon) — hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasallikning gʻoyat tez va keng tarqalishi. Panzootiyada yuqumli kasallik bir yoki bir necha mamlakatda, butun qitʼada keng tarqalib, deyarli hamma hayvon kasallanadi. Oqsil kasalligi, oʻlat va b. shunday kasalliklardan. Bu kasalliklar tez yuqadi, inkubatsiya davri qisqa, kasal hayvon tuzalgandan keyin kuchli immunitet hosil boʻlmaydi. … Читать далее

EPIDEMIOLOGIYA

EPIDEMIOLOGIYA (epidemiya va …logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarnit kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya biol., mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy Epidemiologiya farqlanadi. Umumiy Epidemiologiya yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, Epidemiologiyaning kategoriya va … Читать далее

SALMONELLYOZLAR

SALMONELLYOZLAR — odam va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir ichak kasalligi. Meʼdaichak yoʻllari jarohatlanishi b-n kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriyalar oilasiga mansub, grammanfiy Salmonella tayoqchalari. Infeksiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda S, asosan, sporadik (alohida qayd qilinadigan), baʼzan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, koʻpincha yozkuz … Читать далее

SAPROFITLAR

SAPROFITLAR (yun. sapros — chirigan va phyton — oʻsimlik) — ulik obyektlardan oziq manbai sifatida foydalanadigan mikroorganizmlar. S. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, tuproq, havo, suvda, odam va hayvonlar organizmida uchraydi. Odatda, Saprofitlar kasallik qoʻzgʻatmaydi. Lekin odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega boʻlgan saprofit hayot kechiruvchi mikroblar ham uchraydi. Sogʻlom odam organizmida xam Saprofitlar koʻp boʻladi. Tabiiy … Читать далее

EMLASH

EMLASH, vaksinatsiya — odam va hayvonlarda infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga qarshi faol immunitet rivojlanadi. Emlashda vaksinalarni teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, … Читать далее

FAGOTSITOZ

FAGOTSITOZ (yun. phagos — yeyish, oziklanish va cytos — hujayra) — bir hujayrali organizmlar yoki koʻp hujayralilarning ayrim hujayralari tomonidan begona mikroskopik tirik organizmlar (bakteriyalar, hujayra parchalari), qattiqzarrachalarningfaol qamrab olinishi va yutilishi (Pinotsitoz bilan solishtiring). Zarrachalarni qamrab olib hazm qilish xususiyati tuban organizmlar oziklanishining asosini tashkil etadi. Bu xususiyat evolyutsiya davomida biriktiruvchi toʻqimaning muhofaza funksiyasini … Читать далее

FITOPATOLOGIYA

FITOPATOLOGIYA (fito…, pato… va logiya) — oʻsimlik kasalliklari, ularning oldini olish va tugatish usullari hamda tadbirlari haqidagi fan. Umumiy va xususiy Fitopatologiyaga boʻlinadi. Umumiy F . oʻsimlik kasalliklarining paydo boʻlishi sabablarini, kasallikni qoʻzgʻatuvchi organizmlar tuzilishi va ularning sistematikasini, rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini, kasallangan organizmlardagi anatomikfiziologik buzilishni, oʻsimlik karantini va immunitet masalalarini, oʻsimliklarni himoya qilish usul … Читать далее