ISITMA

ISITMAodam va issiq qonli hayvonlar organizmining qoʻzgʻatuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nisbatan maxsus reaksiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda t-rasining koʻtarilishida namoyon boʻladi, koʻpgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda t-rasining koʻtarilishi bilan oʻtadigan hamma kasalliklar qadimdan Isitma deb atalgan. Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, baʼzi kasalliklar hamon Isitma deb ataladi (mas, bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi). Isitmaning infeksion va noin-feksion xillari farq qilinadi. Isitma yuqumli kasalliklarda ham, yuqumsiz kasalliklarda ham chiqaverishi mumkin.

Koʻpincha kasallik mikroblari (va viruslari) chiqargan modsalar va ularning parchalanish mahsulotlari, orga-nizmga hazm yoʻlidan boshqa yoʻl bilan kiritilgan yot oqsillar (baʼzan vak-sinalar)ning parchalanish mahsulotlari, shuningdek, organizmning oʻz toʻqima va hujayralari shikastlanganda (mas, ichga qon quyilganda, jarohatlanishda, toʻqimalar ezilganda va h. k.) hosil boʻladigan moddalar taʼsirida Isitma chiqadi. Organizmda moddalar almashinganda kimyoviy reaksiyalar roʻy berishi toʻfayli baʼzi aʼzolarda, mas, jigar va muskullarda doim issiklik hosil boʻlib turadi, shundan maʼlum bir qismining badanda ushlanib qolishi gavda t-rasining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Yuqorida aytilgan moddalar bosh miyadagi termoregulyatsiya markaziga bevosita yoki retseptorlar orqali taʼsir etganda Isitma paydo boʻladi. Gavda t-rasi tez koʻtarilganda teri tomirlari torayib (spazm), sovuq seziladi va muskullar titraydi (q. Jun-jish). Gavda t-rasi juda yuqori koʻtarilgan vaqtda organizmdan issikdik chiqib ketishi kuchayib, issiqlik hosil boʻlishi vaqtincha muvozanatlanadi. T-ra tushayotganda organizmdan issiklik chiqib ketishi yanada kuchayadi (badan terlaydi, teri tomirlari kengayadi). T-ra birdaniga — juda tez (kritik) yoki sekin-asta (litik) tushishi mumkin.

Baʼzi mikrob zaharlarining katta dozalari termoregulyatsiya markazini qoʻzgʻatgach, ketidan susaytirishi mumkin. Shu sababli kasallik (mas, dif-teriya) ning ogʻir — toksik xili deyarli. Isitma siz oʻtishi mumkin. Keksalar va ozgʻin, bedarmon kishilar ogʻir infeksion kasalliklar bilan ogʻriganda baʼzan Isitma chiqmaydi.

Gavda t-rasining koʻtarilish darajasiga qarab Isitma subfebril (38° dan past), oʻrtacha (39,5° gacha), yukrri yoki baland (4 G gacha) va, baʼzan, haddan tashqari yuqori (41° dan ortiq) boʻladi. Gavda t-rasining 40—4G gacha koʻtarilishi bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, ishtaha boʻgʻilishi, meʼda sekretsiyasining susayishi va b. hodisalarga sabab boʻlsada, hayot uchun xavfli emaye Lekin isitmali baʼzi kasalliklarda bemorning alaxlashi, behush boʻlib qolishi, moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilishning buzilishi, asosan, t-raning koʻp koʻtarilishiga emas, balki shu kasallikdagi intoksikatsiya xususiyatlariga va shuning natijasida orga-nizmdagi turli funksiyalarning buzilish darajasiga bogʻliq. Bu holda be-mor atrofida hamshira yoki boshqa tibbiyot xodimi, shuningdek, bemorning yaqin kishilari boʻlib sovuq kompress qoʻyishi va bexosdan oʻrnidan turib ket-masligini nazorat qilib turishi shart.

Kasallik sababini bartaraf qilmay turib, isitmani sunʼiy yoʻl bilan tushirish bemorning kayfiyatini yaxshilasa ham, naf bermaydi, aksincha, tashhis (diagnoz) ni qiyinlashtiradi. Isitma chiqqanda organizmning immun xususiyatlari kuchayib (q. Immunitet), infeksion jarayonlar susayadi, shu bois ayrim hollarda (zaxmning 4-bosqichi, epidemik ensefalit va b.) davo maq-sadida sunʼiy Isitma yuzaga keltiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x