QUTURISH

QUTURISH — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi.

Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (q. Gid-rofobiya). Fransuz olimi Lui Paster 19-a. ning 2-yarmida q. kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli Quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansi-yalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tish-laganidan soʻng vaqgida emlangan mil-lionlab odamlar hayoti saqtanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.

Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezov-talik, yirtqichlik. xattiharakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.

Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va b. tishlaganida, yoki soʻlagi teri yuzasiga tushgashia yuqadi. Odamda q. kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20 — 30 kun). Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi.

Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: darakchi davr — odatda kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh ogʻrishi, biroz isitma koʻta-rilishi kuzatiladi. Bemorning kay-fiyati oʻzgaradi, hech narsa yoqmay, yolgʻizlikni istaydi; ovqat yemaydi. Tishlangan joydagi yara bitib ketgan boʻlsa ham oʻsha sohada ogʻriq paydo boʻlishi muhim belgi hisoblanadi; qoʻzgʻolish (besaranjomlik) davri — nafas olish azobga aylanadi. Bemor jonsarak, behalovat boʻlib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz taʼsirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi, gidrofobiya, aerofobiya alomatlari paydo boʻladi. Soʻlagi koʻp oqadi. Isitma koʻtariladi (39—40° gacha). Tirishish vaqtida nafas toʻxtab, kishi oʻlib qolishi ham mumkin; falajlanish davri — bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga koʻta-rilib boradi va yurak toʻxtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir boʻladi.

Quturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim. Odamni tishlagan it maʼlum boʻlsa, u veterinar nazoratida 10 qun ushlab turiladi. Agar u quturgan boʻlsa, shu muddat ichida oʻladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar qoshidagi travmatologiya punktida koʻrsatiladi. It tish-laganda darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish kerak. Hosil boʻlgan yara tikilmaydi. Iloji boricha ertaroq Quturishga qarshi kultural vaksina yuborishni boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta oʻtgach, immunitet paydo boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x