MOMBASA

MOMBASA — Keniyadagi shahar, Hind okeanidagi marjon orolida, materik bilan damba va koʻprik orqali bogʻlangan. Sohilboʻyi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Sharqiy Afrika va mamlakatning yirik porti (yillik yuk ortib-tushirish 6 mln. t dan ortiq) boʻlib, chuqur suv osti prichallari bilan jihozlangan, okean kemalari ham kira oladi. T. y. orqali Uganda va Tanzaniya bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro axamiyatga ega. Ne-ftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat (goʻsht k-ti, un tortish, sholi oqlash), tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari, kema verfi mavjud.

Shahar 12-a. dan maʼlum. Yirik savdo shaxri boʻlgan. 1593-y. dan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohillaridagi mustamlakasi markazi edi. 18-a. dan ummoniylarning Mazruiy sulolasi qoʻl ostiga oʻtdi. 1837-y. dan Zanzibar sultonligi tarkibida boʻldi. Meʼmoriy yodgorliklardan Iisus forti (16-a.), soborlar, masjidlar, ibodatxonalar saqlangan. Turizm rivojlangan. Dengiz kurorti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x