MOSHXOʻRDA

MOSHXOʻRDA — suyuq taom. Masalligʻi va tayyorlash usuliga koʻra, qiymali Moshxoʻrda, goʻshtli jazlama Moshxoʻrda, poʻstdumbali Moshxoʻrda kabi turlari bor. Goʻshtli yoki poʻstdumbali Moshxoʻrda tayyorlash uchun goʻsht yoki poʻstdumba mayda qilib toʻgʻraladi. Piyoz, pomidor, kubik qilib toʻgʻralgan sabzi va b. masalliklar dogʻlangan yogʻda yaxshilab qovuriladi, soʻngra suv quyiladi, ziravorlar, yuvilgan mosh solinadi va mildiratib qaynatiladi, mosh ochilgach, tuz va guruch solinadi, yana 20—25 min. qaynatiladi. Tayyor taom olovdan olinib, bir oz «dam yediriladi», soʻngra kosalarda, mayda toʻgʻralgan kashnich, koʻk piyoz, rayhon sepib, dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq yoki suzma qoʻyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x