BOTSVANA

BOTSVANA, (Botswana) , Botsvana Respublikasi (Republic of Botswana) — Jan. Afrikadagi davlat. Mayd. 600,4 ming km2. Aholisi 1,5 mln. kishi (1997). Poytaxti — Gaborone sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Botsvana — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1966-y. 30 sent. da qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va … Читать далее

TARIX

TARIX — 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish Tarixi, Yer T. i, barcha fanlar Tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan. Tarix fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) … Читать далее

GULBADAN BEGIM

GULBADAN BEGIM (1522, Kobul – 1603, Dexli) — tarixiavis. Boburning qizi. Onasi Dildor begim. Boburning katta xotini Mohim begim qoʻlida tarbiyalangan. 1529-y. da Agraga borgan. Yoshligidan adabiyot va tarixga qiziqqan. Zamonasining barcha bilimlaridan boxabar boʻlgan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan, «Boburnoma»ni mutolaa qilgan. Umrining oxirigacha asosan Hindistonda yashagan, Makkada boʻlgan (1575—82). Akbar buyrugʻiga koʻra Bobur va … Читать далее

TURKIYSHUNOSLIK

TURKIYSHUNOSLIK, turkologiya — turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlarning tillari, etnografiyasi, tarixi, adabiyoti, folklori, madaniyatini oʻrganuvchi gumanitar fanlar majmui. Dastlab Turkiyshunoslik, asosan, filologik fan sifatida rivojlandi. Turkiyshunoslikning eng muhim manbalari: 7—11-a. ga mansub urxunenisey yozuv (bitik)lari, uygʻur yozuvi yodgorliklari, oʻrta asrlarda yashab, arab, fors va turkiy tillarda ijod etgan mualliflarning asarlari va b. Turkiy qabilalar haqida Mahmud … Читать далее

SKOPYE

SKOPYE, Skople — Makedoniya poytaxti, Vardar daryosi boʻyida. Aholisi 444,2 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning sanoat markazi, transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning 1/2 qismi Skopyega toʻgʻri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo (plastmassa, sintetik tola, mineral oʻgʻitlar), farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat (tamaki, mevasabzavot konservasi), yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. … Читать далее

TOLSTOV Sergey Pavlovich

TOLSTOV Sergey Pavlovich (1907.25.1, Peterburg 1976.28.12, Moskva) — arxeolog va etnograf. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlari tarixi, etn. va arxeologiyasi boʻyicha mutaxassis, prof. SSSR FA muxbir aʼzosi (1953), Oʻzbekiston FAning faxriy akad. (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Tojikiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Moskva untini tugatgan (1930), SSSR xalklari muzeyida … Читать далее

SANKT-PETERBURG

SANKT-PETERBURG (Peterburg) (1914—24 y. larda Petrograd, 1924—91 y. larda Leningrad) — RFdagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. T. y. va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yoʻlining oxirgi punkti. Neva boʻyi pasttekisligining gʻarbiy qismida, … Читать далее

SERBIYA

SERBIYA (Cp6nja, Sradije) Serbiya Respublikasi — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Dunay havzasida joylashgan. Mayd. 88,4 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1997). Poytaxti — Belgrad sh. 2 muxtor oʻlka — Voyevodina hamda Kosova va Metoxiyani oʻz ichiga oladi. Maʼmuriy jihatdan Serbiya tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Serb (65,4%), alban (16,5%), venger (3,3%) va b. … Читать далее

SOFIYA

SOFIYA — Bolgariya poytaxti. Sofiya soyligining jan. chekkasida, Vitosha togʻi etaklarida, 530—650 m balandlikda joylashgan. Sofiya viloyatining maʼmuriy markazi. Bankya, NoviIskir va b. shaharlar bilan aloxida maʼmuriy birlik — Katta Sofiyani tashkil etadi. Aholisi 1,09 mln. kishi (2001). Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2°, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600—650 mm. Shaharning sharqiy … Читать далее

SAPPORO

SAPPORO — Yaponiyadagi shahar, Xokkaydo o. ning jan. gʻarbiy qismida. Aholisi 1,8 mln, kishi (2000). Orolning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Otaru porti bor. Q. x. mahsulotlari, baliq, yogʻoch qayta ishlanadi. Neft kimyosi, rezina, mashinasozlik (jumladan, aviasozlik), metallsozlik, koʻnteri, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. un-t, botanika bogʻi, botanika va etnografiya muzeylari bor. Qishki … Читать далее