BOTSVANA

BOTSVANA, (Botswana) , Botsvana Respublikasi (Republic of Botswana) — Jan. Afrikadagi davlat. Mayd. 600,4 ming km2. Aholisi 1,5 mln. kishi (1997). Poytaxti — Gaborone sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Botsvana — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1966-y. 30 sent. da qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi — Milliy assambleya (parlament). Milliy assambleya spiker va 45 deputatdan iborat. 40 deputatni aholi umumiy saylov yoʻli bilan saylaydi, 4 deputatni respublika prezidenta tayinlaydi, bosh prokuror lavozimiga koʻra parlament aʼzosi hisoblanadi. Ijrochi hokimiyat prezident, vitseprezident va hukumat tomonidan amalga oshiriladi. 15 aʼzodan iborat maslahat organi — qabila boshliqlari palatasi ham bor.

Tabiati. Botsvana Kalaxari berk botigʻi va uning atrofidagi platolarni egallagan. Yer yuzi tekislik, sharqi bir oz pastibaland. Oʻrtacha baland joyi — 800—1000 m, gʻarbda 1200 m gacha boradi. Kembriygacha paydo boʻlgan jinslardan tarkib topgan zamin ustida yuqori boʻr va kaynozoy yotqiziqlari yotadi. Kumir, asbest, marganes, misnikel rudalari, olmos, tuz kabi qazilma boyliklari bor. Iqlimi quruq subtropik, shim. da tropik iqlim. Oʻrtacha tra yanv. da 21— 27°, iyulda 16». Yiliga 250—600 mm yogʻin yogʻadi. Limpopo daryosi irmoqlari oʻtadigan qizilqoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Arslon, qoplon, chiyaboʻri, sirtlon, zebra, jayran, kaltakesak, ilon kabi xilmaxil jonivorlar bor. Milliy bogʻlari: Imsbok, Chobe, Nskay-Pan.

Aholisn, asosan, bantu tillari guruhiga kiruvchi tsvanalardir (jami aholining 75%). Shim. sharq va choʻl hududlarda bushmenlar yashaydi. Bir necha ming yevropaliklar bor. Aholining 62% xristianlar; 32% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Ahrlining 24,1% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — ingliz va setsvana yoki tsvana tillari. Yirik shaharlari — Gaborone, Frensistaun, Lobatsi.

Tarixi. Botsvananing 19-a. gacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, Botsvananing tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini yigʻish bilan shugʻullanganlar. Taxm. mil. 8-a. da rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalaxari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. Botsvananing hoz. asosiy aholisi tsvanalar avval hoz. Transvaalda yashagan. Shim. dan bostirib kelgan xalqlar qisuvida ular 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida Botsvanaga kelib qolganlar. 19-a. boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Jan. zulular bilan boʻlgan urushlar Botsvanani gʻorat qildi. 1820-y. B. da yevropaliklarning birinchi xristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Jan. Afrikani qoʻlga kiritishda Botsvanadan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885-y. hoz. Botsvanani Bechuanalend nomi b-n oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. Botsvana aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-a. ning 2030-y. larida avj olib ketdi. 2-jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya Botsvanaga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966-y. 30 sent. da Bechuanalend Botsvana nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Botsvana Afrika qitasining jan. qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi. 1966-y. okt. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30 sent. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966).

Snyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. B. demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962-y. da asos solingan; Liberal partiya, 1983-y. tashkil etilgan; B. xalq partiyasi, 1960-y. da asos solingan; B. milliy fronti, 1965-y. da tuzilgan; B. mustaqilligi partiyasi, 1962-y. da asos solingan; B. kongressi partiyasi, 1998-y. da tuzilgan. Botsvana kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976-y. da tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. Botsvana — kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Q. x. iqtisodiyotning negizini tashkil etadi. Unda aholining 75% band. Chorvachilik — xoʻjalikning eng muhim tarmogʻi. Qoramol, echki, qoʻy, ot, eshak va xachir boqiladi. Joʻxori, tariq, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkaklilar va b. ekiladi. Mamlakatdagi yevropalik fermer xoʻjaliklarida yer yongʻoq, tamaki, kartoshka, kungaboqar, sitrus mevalar, paxta ham yetishtiriladi.

Sanoati mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin rivojlana boshladi. Mis, nikel, marganes, asbest, olmos (1995-y. 18,5 mln. qirot), koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyildi. Lobatsida mol soʻyish va konserva tayyorlash fkasi bor. Suyak uni, yogʻ, sovun va pivo ishlab chiqaradigan kichik korxonalar mavjud. Bir yilda 929 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Botsvanada temir yoʻl uz. 900 km, avtomobil yoʻllari uz. 15 ming km ga yaqin (uning 4,5 ming km qattiq qoplamali). Asosiy aeroporti — Gaborone sh. da. Botsvana chetga marganes rudasi, olmos, mis, nikel, chorvachilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mexanizmlar va asbobuskunalar, don, un, toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar, keng isteʼmol mollari, q. x. asboblari, neft mahsulotlari va b. keltiradi.

Mamlakat hududining 17% qoʻriqxona va milliy bogʻlardan iborat. Har yili 300 mingga yaqin turist kelib ketadi. Pul birligipula.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Botsvanada chiqadigan asosiy gaz. va jur. lar: «Botsvana gardian» («Botsvana posboni», ingliz tilidagi haftalik xususiy gaz., 1982-y. dan), «Botsvana deyli nyus» («Shu kunning yangiliklari», setsvana va ingliz tillaridagi kundalik hukumat gaz., 1964-y. dan), «Riporter» («Muxbir», ingliz tilidagi haftalik gaz., 1984-y. dan), «Terisanyo» («Maslahat», ingliz va setsvana tilida chiqadigan oylik gaz.), «Kutlvano» («Hamjihatlik», setsvana va ingliz tilida chiqadigan oylik jur.). B. matbuot agentligi (BOPA), hukumat axborot agentligi hisoblanadi; 1981-y. da asos solingan. Botsvana radiosi 1965-y. da tashkil etilgan. Botsvana telekoʻrsatuvi uyushmasi mavjud.

Xalq maorifi va ilmiy muassasalari. 1970-y. larning boshlarida boshlangich maktabda oʻqish haqi 2 baravar qisqartirildi; 1976-y. setsvana yoki tsvana tilini oʻrganish, 1980-y. dan bolalar uchun 6 yoshdan bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktablar — 7 y. lik; oʻrta maktablar — 5 y. lik, pulli. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich va toʻliq oʻrta maktablar negizida hunartexnika taʼlimi amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida tayyorlanadi. 1982-y. Gaboroneda Botsvana davlat unta tashkil etilgan (3 mingga yaqin talaba taʼlim oladi). Bundan tashqari B. qishloq xoʻjalik kolleji (1967), unt huzuridagi Taraqqiyot va madaniy tadqiqotlar milliy in-ti ham bor. Gaboroneda Botsvana kutubxonasi (1968) va Milliy arxiv (1967), milliy muzey va badiiy galereya (1968), Mochudida etnografiya muzeyi (1976) ishlaydi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Mamlakat shim. sharkidagi Ramokgveban xarobalarining qoldiqlari asosida qilingan taxminlarga koʻra, Botsvana aholisi qadimda bal. 4,5 m ga yaqin devorli choʻziq doirasimon tosh uylar qurgan, tomini «baliq suyagi» toifasidagi gʻishtin hoshiya bilan bezagan, yoniga kesik konus shaklida 9 m gacha balandlikdagi minora tiklagan. Mahalliy aholi suv manbalari atrofidagi manzilgoxlarda yashaydi. Qoziq devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonda 5—6 kulba muayyan tartibqoidasiz erkin joylashtiriladi. Aksariyati sirtidan tirgaklar bilan mustahkamlangan konus shaklidagi kulbalardan iborat. Toʻqima devorlar loy bilan suvalib, oqlab qoʻyiladi. Odatda kulbaning derazasi boʻlmaydi, poli yer. Ahyonahyonda tosh yoki gʻishtdan qurilgan, derazali va guvala pechli toʻrtburchak uylar uchraydi. Gaboroneda temirbeton konstruksiyalardan jamoat va savdo-sanoat binolari qurilmoqda. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Munchoq, mis sim va temirdan ayollar zebziynat buyumlari yasaladi. Qush va hayvonlar tasvirlangan sopol idishlar uchraydi. Poxoldan toʻqilgan xaltachalarga rangdor naqshlar solinadi, hayvon terisidan gilamchalar yasaladi. Musiqasi. Botsvana musiqiy madaniyata mamlakatda yashovchi xalklarning xilma xil musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Cholgʻu asboblari ham xilmaxil. Botsvanada kvadi yoki losib deb ataladigan tor, sekokvane deb ataladigan surnaysimon asbob, segankuru deb ataladigan nay, ditlak deb ataladigan fleyta keng tarqalgan. Jonivorlarning shoxlaridan ham musiqa asbobi sifatida foydalaniladi. Botsvanada qoʻshiq bilan raqsni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Turlituman marosim va rasmrusum qoʻshiqlari albatta raqs b-n birga ijro etiladi. Keyingi vaqtda zamonaviy musiqiy shakllar ham rivojlana boshladi. Musiqa kadrlarini Gaboronedagi unt kolleji tayyorlaydi. Botsvana milliy muzeyida musiqa asboblarining boy majmuasi toʻplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x