MEMUAR

MEMUAR (frans. memoire — xotira, esdalik) , yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari. Memuar uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning koʻpligi, mu-allifning tasvir obyektiga subyektiv munosabatining oʻziga xos shaklda namoyon boʻlishi xarakterlidir. Memuarda real voqealar majmuasi, koʻpincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega … Читать далее

PALERMO

PALERMO — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya viloyati va Palermo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 652,6 ming kishi (2001). Iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakat jan. da Neapoldan keyin 2-oʻrindagi shahar. Tirren dengizi sohilidagi port (chetga sitrus mevalar chikariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kemasozlik va kema taʼmirlash, samolyotsozlik, q. x. mashinasozligi, kimyo, yogʻochsozlik, sement, oziq-ovqat, toʻqimachilik, poyabzal, poʻlat … Читать далее

MYUNXEN

MYUNXEN — Germaniyadagi shahar, Alp togʻlari etagida, Izar daryosi boʻyida. Bavariya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat, savdomoliya, ilmiy va madaniy markazlaridan. Elektrotexnika, radioelektronika, optika-mexanika, umumiy va transport mashinasozligi (jumladan, avtomobilsozlik, lokomotivsozlik va samo-lyotsozlik), harbiy, kimyo, trikotaj, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. … Читать далее

MIZDAXQON

MIZDAXQON — Xorazmdagi yirik oʻrta asr shahar xarobasi. Xoʻjayli sh. dan 7—8 km gʻarbda joylashgan. Antik davrga oid qishloq xarobasi oʻrnida 5—6-a. larda bunyod etilgan qasr asosida vujudga kelgan va moʻgʻullar hukmronligining oxirigacha (14-a) mavjud boʻlgan. Mizdaxqon 2 tepalikdan iborat. Ulardan biri (Gabr qalʼa) M. ning qad. qismi boʻlib, uning qalin paxsa devori va arkining … Читать далее

KLUJ-NAPOKA

KLUJ-NAPOKA — Ruminiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kluj judetsining maʼmuriy markazi. Samesh daryosi sohilida joylashgan. Mamlakatning yirik sanoat va muhim madaniy markazi. Aholisi 332,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (asosan, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar i. ch.) va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel, kimyo, tamaki, chinni, keramika, farmatsevtika, poligrafiya sanoati korxonalari … Читать далее

MOGILYOV

MOGILYOV — Belorussiyadagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan «Strommashina», «Elektrodvigatel», metall konstruksiyalar, lift z-dlari), kimyo («Lavsan» sintetik … Читать далее

TEATR

TEATR (yun. theatron — tomoshagoh) — 1) sanʼat turi; uning oʻziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi oʻyini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr sanʼatida ham boshqa sanʼatlarda boʻlganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, maʼnaviyati, madaniyati bilan bogʻliq holda oʻzgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida ogʻzaki yoki yozma dramaturgiya yotadi. Teatr sintetik sanʼat … Читать далее

KROʻZENSHTERN Ivan Fyodorovich

KROʻZENSHTERN Ivan Fyodorovich (1770.8.11, Xagudi, Estoniya — 1846.12.8, Tallin) — rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1806). 1802-y. dunyo aylana birinchi rus ekspeditsiyasiga (1803—06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya tarkibidagi «Nadejda» (komandiri Kroʻzenshtern) va «Neva» (komandiri Yu. Lisyanskip) kemalari 1803-y. 7 av-g. da Kronshtadtdan chiqib, 1804-y. martda Gorn burnini aylanib oʻtgach, Ganayi o. larigacha … Читать далее

XANTI-MANSILAR MUXTOR OKRUGI

XANTI-MANSILAR MUXTOR OKRUGI (1940-y. gacha OstyakVogullar milliy okrugi) — RF Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930-y. 10dek. da tashkil etilgan. Mayd. 523,1 ming km2. Aholisi 1433,1 ming kishi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va b. yashaydi. Shahar aholisi 90,9%. Markazi — XantiMansiysk sh. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk. Tarkibiga 9 tuman, 16 shahar, 24 … Читать далее

KUVAYT

KUVAYT, Al-Kuvayt — Kuvaytning poytaxti. Fors qoʻltigʻidagi Kuvayt buxtasining jan. sohilida. Aholisi 1 mln. kishi (1998). Iqlimi quruq tropik iqlim, oʻrtacha t-ra yanv. da 11°, iyulda 34°, yillik yogʻin 1000 mm dan ziyod. Kuvayt 18-a. boshidan qurila boshlagan. 1756-y. dan Saboh amirligining poytaxti. 1871-y. da Kuvaytni turklar, 1899-y. da inglizlar bosib olgan. 1961-y. dan mustaqil … Читать далее