OʻRTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI

OʻRTA OSIYODA YER-SUV ISLOHOTI — Sovet hokimiyati tomonidan xususiy mulkni tugatish maqsadida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar (1921— 29). Oʻ. O. ye. s. i. 2 bosqichda: 1) 1921—22 yillarda Turkiston ASSR va Qozogʻiston ASSRda; 2) Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilgandan soʻng 1925— 29 yillarda amalga oshirilgan. Sovet jamiyati tomonidan oʻtkazilgan agrar … Читать далее

XIVA XONLIGI

XIVA XONLIGI — oʻzbek davlatchiligi tarixi boskichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920-y.). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-a. ning 70-y. laridan — Xiva sh. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505-y. da bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va … Читать далее

BALTUSHIS

BALTUSHIS (Baltusis) Yuozas (taxallusi; asl ismi Albertas Yuozenas) (1909 — 1991) — Litva xalq yozuvchisi (1969). Ilk asarlarini 1932-y. dan eʼlon qila boshlagan. «Hafta yaxshi boshlanadi» (1940), «Oq beda» (1943) kabi hikoya va ocherklar toʻplami, «Sotilgan yillar» (1 —2-jild, 1957 — 69), «Yuzos haqida qissa» (1979) kabi romanlar hamda avtobiografik povest, pyesa va hikoyalar muallifi. … Читать далее

BUYUK BRITANIYA

BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, … Читать далее

BUXORO XONLIGI

BUXORO XONLIGI (amirligi) — uzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-a. boshlari). 1533-y. gacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-y. Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni … Читать далее

ENGELS

ENGELS Fridrix (1820.28.11, Barmen, Germaniyaning Vuppertal shahri — 1895.5.8, London) — mutafakkir va jamoat arbobi, marksizm asoschilaridan biri. Fabrikant oilasida tugʻilgan. 1841 — 42 yillarda Berlinda harbiy xizmatni oʻtash davrida untga kelib maʼruzalar tinglab turdi. 1842 yil Manchester (Buyuk Britaniya) ga koʻchib kelib fabrika idorasida ishladi; «Reyn gazetasi»da hamkorlik qildi. Parijda 1844-yil K. Marks bilan … Читать далее

OʻZBEKLAR

OʻZBEKLAR — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (20 mln. 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 mln. dan ziyod), Qirgʻizistonda (550—600 ming kishi), Qozogʻistonda (320—330 ming kishi),Turkmanistonda (320—330 ming kishi) yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (2,5 mln. dan 4 mln. gacha), RFda (taxm. … Читать далее

JEZ DAVRI

JEZ DAVRI (mil. av. 2 — 1-ming yillik) — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Mil. av. 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Oʻzbekiston yerlarida mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, baʼzi … Читать далее

QOʻQON XONLIGI

QOʻQON XONLIGI — oʻzbek xonliklaridan biri (18—19-a. lar). Poytaxti — Qoʻqon. Minglar urugʻidan boʻlgan Shohruxbiy 1709-y. da asos solgan. Bu davlat tarkibiga dastlab Qoʻqon, namangan. Margʻilon, Konibodom, isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib Samarqand egallanadi (1732). Abdulkarimbiy davrida 1746-y. qalmoqlar Fargʻona vodiysiga hujum qilib, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. … Читать далее

KAPSAN

KAPSAN, kafsan — 1) oʻtmishda qishloq jamoasining xizmatini bajarganligi uchun dehqonlar tomonidan ayrim shaxslar (mas, maʼmur va din arboblari, mirob va podachilar, temirchi va sartaroshlar)ga berilgan mahsulot toʻlovi. Kapsanning miqdori yerning hosildorligiga hamda suv taʼminotiga qarab turli joylarda turlicha boʻlgan. Dehqonlar oʻz qarindosh-urugʻlari, qishlokdagi kambagʻal oilalarga, beva-bechoralarga ham ixtiyoriy ravishda Kapsan berganlar; keyinchalik u majburiy … Читать далее