BALTUSHIS

BALTUSHIS (Baltusis) Yuozas (taxallusi; asl ismi Albertas Yuozenas) (1909 — 1991) — Litva xalq yozuvchisi (1969). Ilk asarlarini 1932-y. dan eʼlon qila boshlagan. «Hafta yaxshi boshlanadi» (1940), «Oq beda» (1943) kabi hikoya va ocherklar toʻplami, «Sotilgan yillar» (1 —2-jild, 1957 — 69), «Yuzos haqida qissa» (1979) kabi romanlar hamda avtobiografik povest, pyesa va hikoyalar muallifi. «Sotilgan yillar» romani va b. bir qator asarlarida bir turkum litvalik dehqonlar obrazi yaratilgan, qishloqdagi ijtimoiyiqtisodiy turmush oʻz ifodasini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x