MONROVIYA

MONROVIYA — Liberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga … Читать далее

MICHIGAN

MICHIGAN — AQSHning shim. qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 151,5 ming km2. Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing sh. ; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt. Michigan hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi … Читать далее

POCHTA ALOQASI

POCHTA ALOQASI — transport vositalari yordamida xat, davriy nashrlar, joʻnatma, pul va h. k. ni qabul qilib olib joʻnatadigan muassasalar tizimi. Pochta aloqasining yuzaga kelishi bevosita yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida Pochta aloqasi davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat Pochta aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan: joʻnatilgan xatxabarlar … Читать далее

PORT-ELIZABET

PORT-ELIZABET — JARning jansharqiy qismidagi shahar. Aholisi 303 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi bilan 855 ming kishi). Tinch okeanning Algoa buxtasi sohilidagi port. Yirik t. y. tuguni. Mashinasozlik, xususan, avtomobil yigʻish, elektrotexnika, kemasozlik rivojlangan. Kimyo, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari, un-t bor. Shahar 1920-y. da qalʼa oʻrnida bunyod etilgan. Пост Навигацияси

MARGʻILON

MARGʻILON — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining jan. qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona sh. dan 10—12 km shim. da, 475 m balandlikda. Yaqin t. i. stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha t-rasi 25—26°, yanv. niki —3,5°. M. ning jan. chekkasidan Jan. Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi … Читать далее

MOGILYOV VILOYATI

MOGILYOV VILOYATI — Belorussiyadagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 29 ming km2. Aholisi 1245,8 ming kishi (1998). Beloruslar, shuningdek, rus, yahudiy, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 67,6%, 13 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Mogilyov sh. M. v. ning yer yuzasi bal. 150—200 m li tekislikdan iborat. Shim.-sharqida … Читать далее

KOLUMBUS

KOLUMBUS — AQSHning shim.sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatining maʼmuriy markazi. Sayoto daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 711,4 ming kishi (2000). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markaz. Metallsozlik va mashinasozlik (jumladan, radioelektronika, elektrotexnika, vagonsozlik, q. x. va aviakosmik mashinasozligi va b.) rivojlangan. Kimyo, poligrafiya va oziqovqat (asosan, … Читать далее

POLIMETILMETAKRILAT

POLIMETILMETAKRILAT — metilmetakrilatning chiziqli termoplastik polimeri. Rangsiz, shaffof modda, yorugʻlikni 91% dan ortiq oʻtkazadi. Fizikkimyoviy xossalari yuqori: oson kesiladi, yelimla-nadi, kavsharlanadi. Metilmetakrilat atseton dixloretan va benzolda yaxshi eriydi. Suv, ishkrrlar, benzin va moylar taʼsiriga chidamli. Polimetilmetakrilat turli ini-siatorlar taʼsirida blokli yoki emul-sion usulda olinadi. Polimetilmetakrilat blokli usulda monomerni mineral shishadan ishlangan qoliplarda 45—125° t-rada 24—30 … Читать далее

POYEZD

POYEZD — bir yoki bir necha vagon tir-kalgan tarkib (sostav). Vagonlar bir-biriga maxsus tirkash moslamasi (avtoulagich) bilan ulanadi. Poyezd umumiy signalizatsiya tizimi bilan taʼminlanadi. Bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil avtopoyezd deb ataladi. Poyezdning shoshilinch yoki navbatsiz (tiklash, oʻt oʻchirish, qor tozalash va b.) va h. k. xillari bor. P., asosan, yirik styalarida harakat … Читать далее

MEKSIKA

MEKSIKA (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Meksika — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5 fev. dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, … Читать далее