VLADIMIR

VLADIMIR — RF dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor z-di», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj … Читать далее

GVINEYa-BISAU

GVINEYa-BISAU (Guine-Bissau) , Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi. Davlat tuzumi. G.-B. … Читать далее

BOʻRON

BOʻRON — uzoq davom etadigan kuchli shamol. Odatda, siklonlarttt sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo boʻladi. Boʻron vaqtida qor koʻchib, uy va devorlar yonida qor uyumlari paydo boʻladi, t. y. va avtomobil yoʻllarini qor bosadi. Boʻron qumli choʻllarda qum koʻchishiga, dengizda suvning kuchli toʻlqinlanishiga sabab boʻladi. Boʻron vaqtida yer sirtida shamol tezligi … Читать далее

BUTADIYENSTIROL KAUCHUKLAR

BUTADIYENSTIROL KAUCHUKLAR, divinilstirol kauchuklar — butadiyen bilan stirolning sopolimerlari. Butadiyenstirol kauchuklar monomerlarni suvli emulsiyada 5° (past trali) yoki ~50°da (yuqori trali) sopolimerizatsiyalab olinadi. Ularda boglangan stirol mikdori 8,23 yoki 45% atrofida boʻladi. Butadiyenstirol kauchuklar och sariq rangli birikma boʻlib, aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi, surkov moylari bilan taʼsirlashadi, ketonlar, suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar taʼsiriga chidamli; … Читать далее

BRYUGGE

BRYUGGE — Belgiya shim. gʻarbidagi shahar. Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi maʼmuriy markazi. Aholisi 117 ming kishi (1992). Transport yoʻllari tuguni; dare va dengiz porti, kema katnaydigan kanallar tutashgan joyda. Metallsozlik, mashinasozlik (kemasozlik va kema taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, televizorlar i. ch.), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Toʻr toʻqiladi. Niderlandiya sanʼati muzeyi, Munitsipal badiiy galereya, … Читать далее

BOGʻOT

BOGʻOT — Xorazm viloyatidagi qishloq. Boyut tumanы markazi. Bogʻot shim. gʻarbda Xoʻjalik, jan. sharqda Beshariq qishloqlariga yondosh. Yaqin t. y. stansiyasi Xonqadan 12 km. Bogʻotdan Urganchgacha 30 km. Aholisi 8,8 ming kishidan ziyod (2000). Tarixiy manbalardan Bogʻot 2000-yillik tarixga ega ekanligi maʼlum. Bogʻot jan. dagi Qalʼajiq (Dovudqalʼa) dan topilgan buyumlar milod boshlariga oidligi aniqlangan. Bu … Читать далее