MOGILYOV VILOYATI

MOGILYOV VILOYATI — Belorussiyadagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Mayd. 29 ming km2. Aholisi 1245,8 ming kishi (1998). Beloruslar, shuningdek, rus, yahudiy, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 67,6%, 13 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Mogilyov sh. M. v. ning yer yuzasi bal. 150—200 m li tekislikdan iborat. Shim.-sharqida Orsha-Mogilyov tekisligi, jan. karbida Markaziy Berezina tekisligi bor. Foydali qazilmalari: torf, bor, se-mentli mergel, fosforitlar, gil, qum. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 17,8° (Mogilyovda). Yillik yogʻin mikdori 580—650 mm. Vegetatsiya davri 183—193 kun. Yirik daryolari Dnepr va uning irmoqlari — Berezina, Soj. Tuproklari chimli podzol, torfli botqoq va allyuvial tuproklar. Hududining 31% oʻrmon, 1% botqoklik. Tulki, tiyin, suvsar, sassiqkoʻzan, koʻrsichqon, oq tovushqon, boʻrsiq ov ahamiyatiga ega. Oʻrmonlarda los, yelik, qobon yashaydi. Boʻri, silovsin, suvlarda qunduz, norka, vixuxol uchraydi. Yenotsimon it ikdimlashtirilgan. 200 ga yaqin qush, 20 ga yaqin baliq turi bor.

Mogilyov viloyati energetika asosini yirik TES va GESlar tashkil qiladi, mahalliy yoqilgʻi sifatida, asosan, torf ishlatiladi. Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik muhim oʻrin egallaydi. Avtomobil, «Elektrodvigatel», «Strommashina» metallurgiya, avtomat liftlar z-dlari bor. Kimyo, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan.

Qurilish materiallari sanoatining salmogʻi katta. Ustki va ichki trikotaj ishlab chiqariladi. Zigʻir, tola, koʻn z-dlari, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, kigiz etik f-kalari ishlab turibdi. Oziqovqat sanoati muhim oʻrin egallaydi.

Q. x. gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Donli, yem-xashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Yaylov va oʻtloqlar q. x. ga yaroqyai yerlarning qariyb 20% ga yaqin maydonini egallaydi. Chorvachilik sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan, qoramol (sigir), choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. T. y. va avtomobil yoʻllar transporti, havo yoʻllari aloqasi rivojlangan. Dnepr, Berezina, Soj daryolarida kema qatnaydi. 4 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, Belorussiya FAning fizikatexnika, fizika in-tlari filiallari, 5 muzey, 2 teatr bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x