INFORMATIKA

INFORMATIKA, (frans. informatique, nem. informatik — axborot) , axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning … Читать далее

ILOQIY

ILOQIY Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf (?, Iloq — 1068) — oʻrtaosiyolik tabib, Ibn Sinoning shogirdlaridan. Buxoroda taʼlim olgan. Tib va tib tarixiga oid «Kulliyoti tibbi Iloqiy» («Iloqiy tabobati haqidagi risolalar toʻplami»), «Fusul Iloqiy fi kulliyot tibb» («Tabobat xaqidagi risolalar toʻplamida Iloqiy boblari»), «Muolajati Iloqiy» («Iloqiyning davo usullari»), «Muxtasari Iloqiy» («Iloqiy muxtasari») kabi asarlar … Читать далее

JOʻYBOR XOJALARI

JOʻYBOR XOJALARI, joʻybor shayxlari — naqshbandiylik tariqatining vakillari. Ularning Joʻybor xojalari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muqammad Yahyo Buxorodagi Joʻybor degan yerga koʻchib kelishi b-n bogʻliqdir. Joʻybor xojalari oʻzlarini islom dinini targʻib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Joʻybor xojalaridan Abu Bakr Saʼdga va uning avlodlariga … Читать далее

JOMIY

JOMIY (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom – 1492.8.11, Hirot) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. Jomiyning otabobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. Jomiy Madrasa yoshidan ancha erta Hirotdagi «Dilkash» (Navoiy maʼlumotiga koʻra, «Nizomiya») madrasasiga kirib, oʻz davrining taniqli til, adabiyot olimlari va mudarrislari qoʻlida tahsil olgan. Shu … Читать далее

JALOLIDDIN MANGUBERDI

JALOLIDDIN MANGUBERDI, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib «Manguberdi» nomi bilan mashhur boʻlib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi … Читать далее

JABARIYLAR

JABARIYLAR (arab, «jabr» soʻzidan — zoʻrlik ishlatish, majbur qilish maʼnosida) — 7-a. oxiri — 8-a. boshida islom ilohiyotida paydo boʻlgan oqimlardan biri. Jabariylar inson takdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qoʻygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yoʻq, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni oʻzlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surganlar. Iroda … Читать далее

CHORYORLAR

CHORYORLAR (fors—toʻrt doʻst) — Muhammad (sav) vafotidan keyin arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki 4 xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali). Ularni Choryorlar deb atash Eron, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodagi oddiy dindorlar orasida rayem boʻlgan. Choryorlar arab tilidagi diniy manbalarda «xulafo arroshidin» («toʻgʻri yoʻldan borgan xalifalar») nomi bilan tilga olinadi. Choryorlar xalifalikni boshqarish va kengaytirish, … Читать далее

HAYSAM ibn KULAYB ashSHOSHIY

HAYSAM ibn KULAYB ashSHOSHIY, Imom ash-Shoshiy (toʻliq ismi Abu Saʼid al-Haysam ibn Kulayb ibn Surayj (Shurayh) ibn Maʼqil ashShoshiy al-Binkatiy atTur-kiy al-Adib) (? — 947) — yirik muhaddis. Shosh viloyatining markazi Binkataa tugʻilgan. U 9-a. ning 2-yarmi — 10-a. boshlarida Movarounnahr va Xurosonda hadis ilmi rivojlangan oltin davrda yashagan. Ilm-maʼrifat oʻrganish maqsadida Buxoro, Samarqand, Nasaf … Читать далее

HIJOZ

HIJOZ — Saudiya Arabistonining Shim.-Gʻarbida joylashgan tarixiy viloyat. H. ning asosiy shahri — Makka johiliyat davrida ham Arabistonning savdo va madaniy markazi boʻlgan. 7-a. ning boshlarida Hijozda Muhammad (sav) yangi din — islomni targʻib etib, musulmon jamoasiga asos soldi. Xalifalikning poytaxti Madina, Makka sh. qatorida Hijoz musulmonlarning muqad-das ziyoratgoh joyiga aylangan. Xali-falik poytaxtni Suriyaga, soʻngra … Читать далее

HADIS

HADIS (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼ-ondan keyin 2-manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. H. 2 turga — H. i qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan Hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼti-borga olinishi jihatidan 3 qismga … Читать далее