BELTOV BALANDLIGI

BELTOV BALANDLIGI — Orol dengizining jan., Kizilqumning shim. gʻarbiy qismidagi qir. Eng baland joyi 142 m, uz. gʻarbdan sharqqa taxm. 60 km, eni 12 km. Mayd. qariyb 720 km2. B. b. ning jan. va gʻarbiy yon bagirlari tik. chinksimon, qolgan yon bagirlari atrofdagi tekisliklarga astasekin tutashib ketadi. Yuzasi yasen, asosan, shim. va sharq tomom pasayib … Читать далее

BEGIMOV Asan Izimovich

BEGIMOV Asan Izimovich (1907 — Moʻynoq tumani — 1958) — qoraqalpoq yozuvchisi va jurnalista. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Qozogʻistonning Qiziloʻrda sh. dagi pedagogika in-tini tugatgan (1932). Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1934 — 36; 1938 — 39). «Zafarlardan zafarlarga» (1936) sheʼrlar toʻplami, «Sapura» (1938), «Omir» (1951) dostonlari, «Bu kim?» (1932), «Gʻarib oshiq» (T. Allanazarov … Читать далее

BALIQCHILIK

BALIQCHILIK — xalq xoʻjaligining suv havzalarida baliq zaxirasini koʻpaytirish va sifatini yaxshilash bilan shugʻullanuvchi sohasi; baliq oʻstirish tadbirlari (baliqni sunʼiy usulda koʻpaytirish va uni yangi sharoitga oʻrgatish, yangi zot baliqlar yetishtirish, suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash)ning biologik asoslarini va asosiy baliq oʻstirish jarayonlari (voyaga yetgan baliqlarni ovlash, baliq tuxumini ochirish, baliq boqish va b.)ning biotexnikasini … Читать далее

BALANUS

BALANUS, dengiz yongʻoqlari (Balanamorpha) — oʻtroq yashovchi moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar urugʻi. Tanasi kesilgan konusga oʻxshaydi, bir necha boʻlak plastinkasimon ohakli chigʻanoq ichiga joylashgan. Chigʻanogʻining uz. 20 sm gacha. Uning ostki qismi dengiz tubidagi toshlar, mollyuskalar chigʻanogʻi va har xil hayvonlar tanasiga, jumladan kitlar terisiga yopishib, koʻpincha kemalarning korpusiga koʻplab yopishib olib, harakatini sekinlashtiradi. Chigʻanoqning harakatchan ustki … Читать далее

BAKRABALIQ

BAKRABALIQ (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining osyotrsimonlar turkumi va osyotrlar oilasiga mansub baliq. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Balxash koʻli havzasida iqlimlashtirilgan. Tanasi duksimon, tumshugʻi choʻziq, ogʻzi boshining pastila. Skeleti togʻaydan tashkil topgan. Tanasidagi choʻgirlar besh qator, orqasida 11 — 17 ta, yon tomonida 55 — 57 ta, qornida esa 15 … Читать далее

YESENBOYEV Ziyod Islomovich

YESENBOYEV Ziyod Islomovich (1921.21.6, Qibray tumani) — jurnalist, noshir va jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1939—46). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). «Qizil Oʻzbekiston» gaz. da boʻlim mudiri, masʼul kotib va muharrir oʻrinbosari (1948 — 54), muharrir (1961—63). «Toshkent haqiqati» gaz. muharriri (1954—61). Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi raisi (1963—84), ayni paytda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvi … Читать далее

YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YANSZI

YANSZI, Chanszyan, Yansziszyan, Koʻk daryo — Yevrosiyo materigidagi eng uzun va sersuv daryo, Xitoyda. Uz. 5800 km, havzasining mayd. 1808,5 ming km2. Tibet togʻligidan, 5300 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi va delta hosil qilib (mayd. 80 ming km2) Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladi. SinaTibet togʻlarida chuqur daralardan sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Bu qismida oqim tezligi … Читать далее

YOMGʻIR

YOMGʻIR — bulutlardan diametri 0,5 mm dan 6—7 mm gacha boʻlgan suv tomchilari holida yogʻadigan yogʻin. Qoplama bulutli Yomgʻir hamda jala Yo. ga boʻlinadi (q. Atmosfera yogʻinlari, Jala). Oʻrta Osiyoning tekislik va togʻ oldi hududlarida Yomgʻir yil davomida kuzatiladi; yomgʻirli kunlar soni qorli kunlar soniga karaganda 2—3-marta ortiq. Yomgʻir mart—apr. oylarida eng koʻp, iyul—avg. da … Читать далее