BEGIMOV Asan Izimovich

BEGIMOV Asan Izimovich (1907 — Moʻynoq tumani — 1958) — qoraqalpoq yozuvchisi va jurnalista. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957). Qozogʻistonning Qiziloʻrda sh. dagi pedagogika in-tini tugatgan (1932). Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1934 — 36; 1938 — 39). «Zafarlardan zafarlarga» (1936) sheʼrlar toʻplami, «Sapura» (1938), «Omir» (1951) dostonlari, «Bu kim?» (1932), «Gʻarib oshiq» (T. Allanazarov bilan hamkorlikda) pyesalarida qrraqalpoq xalqining turmushi va kurash voqealari aks etgan. «Baliqchi qizi» (1957) romani Orol baliqchilariga bagʻishlangan. Begimov oʻzbek va b. xalqlar yozuvchilarining ayrim asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x