VINNITSA VILOYATI

VINNITSA VILOYATIUkraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tuzilgan. Mayd. 26,5 ming km2. Axrlisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Jan. da Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — Vinnitsa sh.

Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4, —6», iyulniki 18,8—20,5°. Yiliga 500 — 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. V. v. dan Jan. Bug, Dnepr oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi — ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi.

Vinnitsa viloyati Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan r-nlaridan biri. Sanoati q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand z-di, 10 dan ziyod spirt z-di, yirik konserva z-dlari va k-tlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan q. x. va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va b. qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti k-ti bor. Poyabzal, tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.

Q. x. lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.

Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. T. y. uzunligi qariyb 1200 km. Muhim t. y. yoʻnalishlari: Kiyev — Odessa, Kiyev — Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi t. y. va avtomobil transportida tashiladi. Jan. Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x