KOLUMB

KOLUMB Xristofor (1451, Genuya — 1506.20.5, Valyadolid) — dengizchi sayyoq, asli genuyalik. 1476—84 y. larda Lissabonda hamda Madeyra va PortuSantu o. larida yashagan. Yerning shar shaklida ekanligi toʻgʻrisidagi qad. taʼlimotga va 15-a. olimlarining notoʻgʻri hisoblariga asoslanib, K. Yevropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikricha, eng qisqa dengiz yoʻlining loyihasini tuzdi. 1-ekspeditsiyasida (1492—93) 90 kishi bilan «Santa-Mariya», … Читать далее

IRLANDIYA OROLI

IRLANDIYA OROLI — Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va jan. dan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shim. va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o. dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shim. dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. Irlandiya orolining ichki qismi … Читать далее

KERULEN

KERULEN — Mongoliya va Xitoydagi daryo. Uz. 1264 km (shundan 1090 km Mongoliya hududida), havzasining mayd. 116,4 ming km2. Xentey togʻligidan boshlanadi. Oʻzanida orol koʻp. Dalaynor koʻliga quyiladi. Yozda toʻlib oqadi; har yili bir necha marta toshadi. Noyab. — apr. da muzlaydi. Baliqqa boy. Kerulen boʻyida Choybalsan sh. bor. Пост Навигацияси

ZANJIBAR

ZANJIBAR — Tanzaniyadagi shahar, Zanjibar o. ning gʻarbiy sohilidagi yirik dengiz porti va savdo markazi. Aholisi 375,5 ming kishi (1998). 1964-y. gacha Zanjibar sultonligining poytaxti boʻlgan. Oʻsha yildan 3. Tanzaniya orol qismining maʼmuriy markazi. Elektrotexnika, yogʻochsozlik, kimyo, oziqovqat, kemasozlik sanoati korxonalari bor. Shaharda q. x. xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar mavjud. 3. orqali chetga qalampirmunchoq, … Читать далее

GAVAYI

GAVAYI — Tinch okeandagi Gavayi arxipelagidagi eng yirik orol. Mayd. 10,4 ming km2. Birlashib ketgan bazalt qalqonli beshta vulkan: Mauna-Kea (4205 m), Mauna-Loa (4170 m), Xuala-Lai (2521 m), Koxala (1678 m) va Kilauea (1247 m) dan iborat. Mauna-Loa va Kilauea — harakatdagi vulkanlar. Iqlimi tropik dengiz iqpimi, shim.-sharqiy yon bagʻirlari juda sernam (yiliga 3600 mm … Читать далее

BERING OROLI

BERING OROLI — Bering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol (RF). Mayd. 1,7 ming km2. Jan. sharqiy qismi togʻli (eng baland kismi 751 m), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, tundra oʻsimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan (ryabina) oʻsadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi … Читать далее

BALIQLAR

BALIQLAR (Pisces) — umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi moslangan. Suvda tez suzadigan Baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan Baliqlarning tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli b.) yoki suyakdan (suyakli Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini … Читать далее

GVINEYa QOʻLTIGʻI

GVINEYa QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanining Ekvatorial Afrika sohillari bilan tutashgan joyidagi qoʻltiq. Shim. da Palmas va jan. da Lopes burunlari oraligida. Mayd. 753 ming km2. Eng chuqur joyi 5207 m. G. q. 2 ta qoʻltiq — Biafra va Beningga ajratilgan. Orol koʻp (Bioko, San-Tome, Prinsipi va b.). Suvining shoʻrligi 34 — 35%o, yillik t-rasi 25 … Читать далее

GIDROBIOLOGIYA

GIDROBIOLOGIYA (gidro… va biologiya) — biol. ning bir boʻlimi, suvda yashaydigan organizmlar va ularning yashash sharoiti bilan oʻzaro munosabatlarini hamda suv qavzalarining biologik mahsuddorligini oʻrganadi. Gidrobiologiya — ekologiya fani. Suv muhitidagi yashash sharoiti suv havzasining fizik-geografik xususiyatlari bilan bogʻliq. Mas, suvning kimyoviy tarkibi, xususan biogen elementlar va suvda erigan gazlarning tarkibi hamda ularning miqdori, suv … Читать далее

BULGAKOV Aleksey Ivanovich

BULGAKOV Aleksey Ivanovich (1816.19.2, ! Kronshtadt — 1869. 10. 7, Shvalbax, Germaniya) — rus dengiz sayyohi, kontradmiral. 1840—42 y. larda «Abo» transport kemasida dunyo boʻylab sayohat qilgan. 1848—49 y. larda Orol dengizida gidrografik tekshirishlar olib borgan. Oʻz ekspeditsiyasi toʻplagan materiallar asosida Orol dengizi hamda shu dengizda kemalar qatnovi xaritasini tuzib, 1850-y. da nashr ettirgan. Sirdaryo … Читать далее