BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI

BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI — mevali bogʻlar, uzumzorlar va b. mikroiqlimini yaxshilash va tabiatning zararli omillaridan saklash uchun ular atrofiga belbogʻ usulida, bogʻ ichida karta chegaralari boʻylab barpo etiladigan daraxtzorlar. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari shamol tezligini susaytiradi, qishda bogʻlarni qor quyunlaridan asraydi. Bu esa mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib, rivojlanishi, hosildorligining oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari bogʻning chegarasi boʻylab (2—3 qatorli toʻrsimon tuzilishda) asosiy va ichki maydon,chalar boʻylab (1—2 qatorli yarim panjarasimon tuzilishda) ichki yordamchi ihotazorlardan tarkib topadi. Ichki ihotazor asosan oʻzaro 300—400 m oraligʻida joylashtiriladi. Ihotalar tutashgan joylarda 8—12 m enlikda ochiq joylar qoldiriladi. Qator oraliqlari 2,5—3 m, qatordagi daraxtlar oraligʻi 1,5—3 m boʻladi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari bog barpo etishdan 2—3 yil ilgari har bir mintaqaga moye tez oʻsadigan, ildiz bachki chiqarmaydigan daraxt koʻchatlari (terak, qayragʻoch, zarang, uchtikan va b.) ekiladi (q. Dala oʻrmon ihotazorlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x