BOʻRIGUL

BOʻRIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Bitta ildiz boʻgʻzidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apr. dan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qoʻltigʻida bittadan bir chanoqli yassi mevasi boʻladi. B. Ugom, Fargʻona, Hisor togʻlarining jan. qiyaliklarida, qoyalar va chagʻirtoshli togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi. Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi in-tida Boʻriguldan 40 ga yaqin alkaloid (vinkalin, vinkametrin, vinkanidin, ervinin, ervamin va b.) ajratib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x