DIAZOMETAN

DIAZOMETAN, CH,N2 — oddiy alifatik diazobirikma. Juda zaharli, qoʻlansa hidli, sariq rangli, tez portlaydigan gaz. Mol. m. 42,043. Suyuqlanish t-rasi — 145°, qaynash t-rasi —23°. Alyuminiy xlorid yoki bor ftorid ishtirokida aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib metilketonlar hosil qiladi; ketonlar bilan oʻzaro taʼsiri na-tijasida zanjirning uzayishi yoki halqaning kengayishi sodir boʻladi. Diazometanni ilk bor 1894-y. da … Читать далее

NAFTOLLAR

NAFTOLLAR, oksinaftal inlar — naftalin hosilalari. Mol. m. 144,16. Tarkibida 1 ta gidroksil (ON) guruh boʻlib, uning joylanishiga qarab a-va rnaftollarga boʻlinadi. Kimyoviy xossalariga koʻra, fenollarga yaqin turadi. Naftalinsulfokislotalarni ishqorlar b-n suyuklantirib olinadi. Asosan, azoboʻyoklar va organik yarim mahsulotlar olishda ishlatiladi. Пост Навигацияси

NAMANGAN TEATRI

NAMANGAN TEATRI, Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali drama teatri — dastlabki teatrlardan biri. 1931-y. 15-iyunda «Intilish» (A. Sultonov) spektakli bilan ochilgan. Professional teatr jamoasining asosini mahalliy maktab va texnikumlarning oʻqituvchilari, havaskorlik drama toʻgaragi qatnashchilari tashkil etgan. Truppaning badi-iy raxbari va teatr tashkilotchisi Razzoq Hamroyev (N. Roziqiy b-n) boʻlgan. S. Otaxonov, B. Eminov, A. Toshboyev, A. … Читать далее

OKSIXINOLIN

OKSIXINOLIN (oksin, 8-gidroksixinolin) — rangsiz, oʻziga xos hidli kristall modda. Mol. m. 145,15, suyuklanish t-rasi 75—76°, qaynash t-rasi 266,6°. Spirt, atseton, xloroform, benzol, kislota va ishqorlarda eriy-di, suvda va efirda erimaydi. 40 dan ortiq kimyoviy elementlarni (mas, mis, rux, magniy va b.) ajratish va aniqlashda, alyuminiy, rux, vanadiy va h. k. elementlarni kolorimetrik aniklashda qoʻllanadi. … Читать далее

NOʻGʻAYLAR

NOʻGʻAYLAR, noʻgʻay (13-a. dagi Oltin Oʻrda xoni Noʻgʻay nomi bilan bogʻliq) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasi, Dogʻiston, Checheniston, Ingushiston Respublikalari hamda Qorachoy-Cherkasiya viloyatlarida yashaydilar (75,2 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Oʻzbekistonda juda ozchilikni tashkil etadi. Noʻgʻaylarning qora noʻgʻay (Dogʻiston), noʻgʻay yoki achiquloq (Stavropol oʻlkasi), oq noʻgʻay yoki kuban noʻgʻaylari (QorachoyCherkasiya) va astraxon noʻgʻaylari kabi … Читать далее

JOʻXORI

JOʻXORI (Sorghum Pers.) — gʻalladoshlar (gʻallagullilar) oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, don va yem-xashak ekini. Joʻxorining 50 ga yaqin yovvoyi va madaniy turi bor. Donli Joʻxori (S. cernuum; oq joʻxori, qoʻqon joʻxori, gaolyan va b.), shirin J. (S. saccharatum), durra (S. durra), supurgi Joʻxori (S. technicum), oʻtsimon Joʻxori (sudan oʻti — S. … Читать далее

OQSILLAR

OQSILLAR, proteinlar — hamma tirik mavjudotlar tarkibiga kiradigan murakkab, azot tutuvchi organik moddalar. Oqsillar tirik materiyaning tuzilishida, shuningdek, uning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Hujayra tarkibida bir necha ming xil Oqsillar mavjud boʻlib, ularning har biri maʼlum bir vazifani bajaradi. Shuning uchun ular proteinlar (yun. protos — birinchi, eng muhim) deb ataladi. Oqsillar hujayra quruq … Читать далее

NITROGLITSERIN

NITROGLITSERIN, glitserin trinitrat, trinitrin, O2NOCH(CH2ONO2) 2 — glitserin va nitrat kislotaning murakkab efiri. Mol. m. 227,14; rangsiz yopishqoqsuyuklik, zichligi 1,591 g/sm3 (25° da), qotish t-rasi 13,2°. Benzinda, suvda erimay-di, atseton, efir va benzolda yaxshi eriydi. Glitserinni nitrat va sulfat kislota aralashmasida eterifikatsiyalab olinadi. Nitroglitserinni ilk bor 1846-y. da italiyalik olim A. Sobrero sintez qilgan. 19-a. … Читать далее

JAYDARI ZOT

JAYDARI ZOT — biror mamlakat yoki oʻlkada qadimdan boqib kelinayotgan, shu joyning sharoitiga yaxshi moslashgan mahalliy mol zotlari. Maye, mahalliy zebusimon qoramol zoti Oʻzbekistonning issiq va quruq iklim sharoitiga yaxshi moslashgan, qon parazita kasalliklariga chidamli; mahalliy ozuqalarni yaxshi hazm qiladi. Oʻzbekistonda boqiladigan hisori, qorakoʻl, dagʻal junli dumbali qoʻy zotlari, krrabayir va laqay ot zotlari ham … Читать далее

NARZIQULOV

NARZIQULOV Hoshim (1900 – Samarqand — 1963.9.1) — aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Nasim Hoshi-movnchnt otasi. Ijodiy faoliyatini 1918-y. da Abdulla Badriy rahbarligidagi «Samarqand» musulmon truppasida boshlagan. 1927—30 y. lar «Koʻk koʻylak» teatrida, 1930-y. dan Hamid Olimjon nomidagi Samarqand davlat oʻzbek drama teatrida aktyor, truppa boshligʻi, rej. 1944—48 y. lar Samarqand viloyat madaniyat boshkarmasining … Читать далее