SALMONELLYOZLAR

SALMONELLYOZLAR — odam va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir ichak kasalligi. Meʼdaichak yoʻllari jarohatlanishi b-n kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriyalar oilasiga mansub, grammanfiy Salmonella tayoqchalari. Infeksiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda S, asosan, sporadik (alohida qayd qilinadigan), baʼzan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, koʻpincha yozkuz … Читать далее

GISTOMONOZ

GISTOMONOZ — 2 haftadan 2-3 oylikgacha boʻlgan kurkalar, joʻjalarda oddiy Histomonas meleagridis lichinkalari qoʻzgʻatadigan kasallik. Virus tarkatuvchisi — kasallangan joʻja. Parrandalar asosan tarkibida Heterakis gallinarum nematodalari tuxumi (unda gistomanadlar uzoq muddat saqlanishi mumkin) boʻlgan oziq orqali zararlanadi. Belgilari: ishtaha yoʻqoladi, teztez ich ketadi, boshi qoramtir-koʻk tusga kiradi. 1—3 haftadan soʻng kurkalar nobud boʻlishi mumkin. Tashhis … Читать далее

OʻLAT

OʻLAT, toun — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar nobud boʻlishi tufayli Oʻlat oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻlat qadimdan maʼlum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning … Читать далее

NASLCHILIK XOʻJALIGI

NASLCHILIK XOʻJALIGI — chorva hayvonlari va parrandalarning maʼlum bir zotiga mansub mollarni urchitish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. N. x. yetakchi naslchilik z-di bilan hamkorlikda yagona seleksion dastur asosida maʼlum bir zotdagi mollarni yetishti-rib koʻpaytiradi, ularning tip va ti-zimlarini takomillashtiradi. Naslchilik ishini olib borishning asosiy usuli naslchilik z-dlaridagi kabi sof zotli urchitish boʻlib, zotdagi tizim va oilalarni … Читать далее

SOʻNKOʻL

SOʻNKOʻL — Markaziy Tyanshandagi Soʻnkoʻl soyligidagi koʻl (Qirgʻizistonda). 3016 m balandlikda. Mayd. 278 km2. Eng chuqur joyi 22 m. Tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Soʻnkoʻlni dengiz sathidan 3600—3900 m balandlikdagi Soʻnkoʻltov tizmasining unchalik baland boʻlmagan choʻqqilari oʻrab turadi. 10 ga yaqin togʻ daryosi quyiladi, lekin, Norin daryosiga (Sirdaryo irmogʻi) quyiladigan birgina Koʻkjarti daryosi oqib chiqadi. … Читать далее

PARRANDAXONA

PARRANDAXONA — parrandalar as-raladigan bino. Parrandalarning turi va yoshiga, xoʻjalikda foydalanish yoʻnalishiga hamda asrash tizimiga qarab har xil boʻladi. 1 — 120 kunlikkacha boʻlgan tovuq joʻjalari batareyali sexlarda (yerda yoki kataklarda) asraladi. Koʻpchilik xoʻjaliklarda 1 dan 120 kunlikkacha boʻlgan joʻjalar bitta Parrandaxonada boqiladi. Oʻrdak va kurka joʻjalari, baʼzan, dastlabki 10—20 kunda batareyali sexlarda saqlanadi. Goʻsht … Читать далее

KOLIBAKTERIOZ

KOLIBAKTERIOZ, esherixioz, kolibatsillyoz, kolisepsis, kolienterit — yosh hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik. Kasallik bilan buzoqlar, choʻchqa bolalari, qoʻzi, parrandalar kasallanadi. Yangi tugʻilgan hayvonlarda patogen ichak tayoqchalari oshqozon-ichak organlarini zararlab, kuchli ich ketishi b-n kechadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi patogen ichak tayoqchasi (Escherichia soP)ning turli serotiplaridir. Homilaning ona qornida rivojlanishidagi oʻzgarishlar, boʻgʻoz hayvonlarni saqlash va oziqlantirish, parvarish qilishda … Читать далее

SULAYMON

SULAYMON — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, hukmdor. Mil. av. 965—928-y. larda IsroilIudeya podshohi boʻlgan. Dovudniit oʻgʻli. 13 yoshida taxtga oʻtirgan. Yetuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan koʻra olimroq boʻlgan. Rivoyatga koʻra, u jamiki insu jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar tilini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida boʻlib, Sulaymon farmoniga koʻra, … Читать далее

SIBIR

SIBIR — RF Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy oʻlka. Gʻarbda Ural togʻlari, sharqsa Tinch okean suvayirgʻichi togʻ tizmalarigacha va shim. da Shim. Muz okeani qirgʻoqlaridan, jan. da Qozogʻistonning sertepa dashtlari hamda Mongoliya va Xitoy chegarasigacha davom etadi. Shim. dan janubga 3500 km, gʻarbdan sharqqa 7000 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Mayd. 10 mln. km2. Sibir … Читать далее

TANGANIKA

TANGANIKA — Afrikadagi koʻl, Kongo Demokratax Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Mayd. 34 ming km2. Sharqiy Afrika yoriklari zonasidagi tektonik botiqda, 773 m balandlikda. Uz. 650 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 1470 m (chuqurligi boʻyicha Baykal koʻlidan keyin 2oʻrinda). Qirgʻokdari tekis, baʼzi joylarda baland va tik. T. ga Malagarasi va Ruzizi … Читать далее