PARRANDAXONA

PARRANDAXONAparrandalar as-raladigan bino. Parrandalarning turi va yoshiga, xoʻjalikda foydalanish yoʻnalishiga hamda asrash tizimiga qarab har xil boʻladi. 1 — 120 kunlikkacha boʻlgan tovuq joʻjalari batareyali sexlarda (yerda yoki kataklarda) asraladi. Koʻpchilik xoʻjaliklarda 1 dan 120 kunlikkacha boʻlgan joʻjalar bitta Parrandaxonada boqiladi. Oʻrdak va kurka joʻjalari, baʼzan, dastlabki 10—20 kunda batareyali sexlarda saqlanadi. Goʻsht uchun boqiladigan joʻjalar (broylerlar), 1 dan yoki 21 dan 120 kunlikkacha boʻlgan kurka joʻjalari va 1 dan yoki 10—20 dan 55 kunlikkacha boʻlgan oʻrdak joʻjalari maxsus Parrandaxonada oʻstiriladi. Voyaga yetgan parrandalar yerda, sanoat maqsa-dida yetishtiriladiganlari esa yerda va kataklarda boqiladi. Parrandaxona eni 12 yoki 18 m, boʻyi 72, 84, 96 va 108 m qilib quriladi. Sanoat maqsadida boqiladigan 120—150 ming bosh tovuqqa moʻljallangan 4—6 qavatli va 80 ming broylerga moʻljallangan 4 qavatli Parrandaxonalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x