GULXANIY

GULXANIY (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxm. 18-a. ning oxiri — Qoʻqon — 19-a. ning 20-y. lari) — oʻzbek mumtoz shoiri, masalnavis. Hayoti va ijodi haqida «Majmuai shoiron» (Fazliy Namangoniy), «Tuhfat ul-axbob» (Qori Rahmatulloh Vozeh), «Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron» (Dilshod Otin) kabi asarlarda ayrim maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning «Koʻhiston mulkidan» ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

BAHOR ANSAMBLI

«BAHOR» ANSAMBLI, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi B«ahor» xalq raqs ansambli — «Oʻzbekraqs» birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957-y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turgʻunboyeva (1979-y. gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 – 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Maʼmura Ergasheva (1990-y. dan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev … Читать далее

YANGIQOʻRGʻON TUMANI

YANGIQOʻRGʻON TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabr da tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, jan. dan Namangan va Uychi tumanlari, shim. gʻarb, shim. va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,54 ming km2. Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, … Читать далее

YOGʻMOY SANOATI

YOGʻMOY SANOATI — oziqovqat sanoatining oʻsimlik moyi i. ch., yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yogʻmoy sanoati oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. OʻzRda … Читать далее

YANGIQOʻRGʻON

YANGIQOʻRGʻON — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash z-di, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta … Читать далее

YOZYOVON CHOʻLI

YOZYOVON CHOʻLI — Fargʻona vodiysining markaziy qismidagi choʻl. Qoʻqon, Margʻilon, Andijon va Namangan vohalari bilan oʻralgan. Shim. dan Sirdaryo oqib oʻtadi, zamini paleozoy jinslaridan tarkib topgan, yer yuzasi toʻrtlamchi davr allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan. Relyefi, asosan, tekis. Balandpast kum tepalari, koʻllar, shoʻrxoklar va botqoklashgan yerlar uchraydi. Iklimi kontinental: yozi issiq va quruq, qishi … Читать далее

YOZYOVON TUMANI

YOZYOVON TUMANI — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952-y. 16 apr. da tashkil etilgan (1959-y. 14 dek. da Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962-y. 24 dek. da Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980-y. 27 dek. da Yozyovon tumani qayta tuzildi). Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Oxunboboyev, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani, Andijon viloyatining … Читать далее

YOZYOVON

YOZYOVON — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1974-y. dan). Yozyovon tumani markazi. Yozyovon nomi yozi yovon, yaʼni yozgi choʻl, tekislik maʼnosini bildiradi. Yo. Fargʻona sh. dan 30 km, yaqin t. y. st-yasi — Margʻilon (22 km). Aholisi 10,9 ming kishi (2000); Umumiy taʼlim maktablari, 1 kollej, 2 litsey, 3 kutubxona, 2 kasalxona, 3 tibbiy punkt, aloqa boʻlimi, … Читать далее

GʻOVASOY

GʻOVASOY — Namangan viloyatidagi daryo. Chatqol tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 96 km. Havzasining mayd. 657 km2. Ohangaron pla-tosida chuqur dara hosil qilib oqadi. Gʻova qishlogʻi yaqinida daryo suvi ariqkanallarga olinadi, Sirdaryoga yetmasdan togʻ oldi tekisliklarida tugaydi. Daryo havzasida (2600—2700 m balandlikda) ikkita koʻl boʻlib, daryo suvining bir qismi shu koʻllardan chiqadi. Gʻovasoyning oʻrtacha … Читать далее