YOZYOVON

YOZYOVONFargʻona viloyatidagi shaharcha (1974-y. dan). Yozyovon tumani markazi. Yozyovon nomi yozi yovon, yaʼni yozgi choʻl, tekislik maʼnosini bildiradi. Yo. Fargʻona sh. dan 30 km, yaqin t. y. st-yasi — Margʻilon (22 km). Aholisi 10,9 ming kishi (2000); Umumiy taʼlim maktablari, 1 kollej, 2 litsey, 3 kutubxona, 2 kasalxona, 3 tibbiy punkt, aloqa boʻlimi, muzey, bozor, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kichik va xususiy korxonalar bor. Qoʻqon, Fargʻona, Namangan sh. larini birlashtiruvchi avtomobil yoʻllari oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x