IZMIR

IZMIR — Turkiyaning gʻarbidagi shahar, yirik port. Izmir elining maʼmuriy markazi. Egey dengizining Izmir qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2,018 mln. kishi (1995). Izmir mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan va Smirna (yun. Smirne) deb atalgan. 15-a. dan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 18-a. oxiridan I. Turkiyaning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri. 1919-y. 15-mayda shaharni Gretsiya askarlari okkupatsiya … Читать далее

ISHSIZLIK

ISHSIZLIK — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-y. «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-y. 1-mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi). Ishsizlik inson manfa-atlariga toʻgʻridantoʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish … Читать далее

KOʻPMANS

KOʻPMANS (Koopmans) Tyalling Charlz (1910.28.8, Niderdandiya — 1985.26.2, AQSH) — amerikalik iqtisodchi va matematik. Leyden untida matematik statistika va uning iqtisodiyotga tatbigʻi boʻyicha d-r (1936). Priston va Nyu-York, Chikago, Garvard, Yel un-tlarida iktisodiyot prof. (1955—81). Ekonometrika jamiyati (1950) va Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1978) prezidenti. Koʻpmans chiziqli dasturlashtirish usulini yaratdi va uni anʼanaviy mikroiqtisodiy nazariya bilan … Читать далее

KOUZ

KOUZ (Coase) Ronald (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya) — amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya un-ti (1951—64) va Chikago un-ti (1964—82) prof. Chikago un-tining faxriy prof. (1982-y. dan), «Huquq va iqtisodiyot» jur. muxarriri (1964—82). Kouz iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil … Читать далее

LIST

LIST (List) Fridrix (1789.6.1, Reytlingen — 1846.30.11, Kufshteyn) — nemis iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi nemis tarixiy maktabi vakili. List klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillarining uslubidagi mavhumlik va liberalizmni tanqid qildi, iqtisodiyot fani tahlilida tarixiy uslubning rolini boʻrttirib koʻrsatdi. List davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini talab qiladigan «tarbiyaviy homiylik (proteksionizm)» gʻoyasini rivojlantirdi, millatning sanoat tarbiyasi tamoyilini ilgari surdi. … Читать далее

IJTIMOIY TAʼMINOT

IJTIMOIY TAʼMINOT — keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmogʻi. Ijtimoiy taʼminot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot miqdori va taqdim etish tartibi … Читать далее

GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI

GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI — mamlakatda meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya, gidrologiya, geliofizika sohalarida xalq xoʻjaligi uchun ahamiyatli vazifalarni bajarish hamda i. t. ishlari bilan shugʻullanadigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, markazlar, rasadxonalar, lab. lar, st-yalar, kuzatuv manzilari tizimi. Turkiston oʻlkasi hududida Gidrometeorologiya xizmati shakllanishi 19-a. ning 70-y. lariga toʻgʻri keladi. 1867-y. da Toshkent sh. da muntazam meteorologik kuzatishlar yoʻlga qoʻyilgan. … Читать далее

DAVLAT IMTIHONI

DAVLAT IMTIHONI — OʻzRda oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruv imtihoni. Tibbiyot, ped., q. x. in-tlari va oʻrta maxsus hamda kasbhunar oʻquv yurtlari, konservatoriya, madaniyat in-tlari, jismoniy tarbiya in-t va oʻrta maxsus hamda kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruvchilar, odatda, ijtimoiy siyosiy fanlarning biridan va asosiy ixtisoslikka tegishli 2—3 fandan Davlat imtihoni topshiradilar; un-t, iqtisodiyot … Читать далее

DEMOGRAFIYA

DEMOGRAFIYA (yun. demos — xalq va… grafiya) — har yili turli sabablarga koʻra vafot etgan aholi oʻrnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga toʻldirib borilishi qonuniyatlarini ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga boglik holda oʻrganadigan fan. D. ning paydo boʻlishi asosan 17-a. ning 2-yarmidan angliyalik olim J. Graunt (1620 — 1674) tadqiqotlari bilan bogʻlikdir. Demografiya terminini 1855-y. da fransuz olimi … Читать далее

DYUBA

DYUBA, Dyu Boys (Dudois, Du Bois) Uilyam Eduard Byorkxard (1868. 23.2, Greyt-Barrington, AQSH, — 1963.27.8, Akkra, Gana) — amerika yozuvchisi, tarixchisi, jamoat arbobi, AQSH dagi zamonaviy negr adabiyotining asoschilaridan. 1895-y. da falsafa d-ri unvonini olgan. Atlantadagi un-t iqtisodiyot va tarix prof. (1897—1910), ijtimoiy f-t dekani (1933—44). 1961-y. da Ganaga koʻchib kelib, «Afrika ensiklopediyasi» («Encyclopedia Africana») … Читать далее