IZMIR

IZMIR — Turkiyaning gʻarbidagi shahar, yirik port. Izmir elining maʼmuriy markazi. Egey dengizining Izmir qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2,018 mln. kishi (1995). Izmir mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan va Smirna (yun. Smirne) deb atalgan. 15-a. dan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 18-a. oxiridan I. Turkiyaning iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri. 1919-y. 15-mayda shaharni Gretsiya askarlari okkupatsiya qildi; 1922-y. 9 sent. da ozod qilindi. 2-jahon urushidan keyin Izmir porti harbiy dengiz baza-siga aylantirildi. I. Turkiyaning eksport boʻyicha bi-rinchi, import boʻyicha (Istanbuldan keyin) 2-oʻrindagi porti. T. y. va shosse yoʻllar tugu-ni. Xalqaro ahami-yatga ega aeroport bor. Muhim q. x. r-nining (tamaki, paxta, uzum, zaytun, don yetishtiriladi) sanoat va savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oyna-keramika, yogʻochsozlik, mashina-sozlik, kemasozlik va b. korxonalari bor. Izmir atrofidan lignit, simob, asbest qazib chiqariladi. Shaharda har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi. Un-t, iqtisodiyot va savdo akademiyasi, konservatoriya, arxeologiya muzeyi bor. Qad. binolarning qoldiklari (maqbaralar, teatr, stadion va b.) sakdangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x