DAVLAT IMTIHONI

DAVLAT IMTIHONI — OʻzRda oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruv imtihoni. Tibbiyot, ped., q. x. in-tlari va oʻrta maxsus hamda kasbhunar oʻquv yurtlari, konservatoriya, madaniyat in-tlari, jismoniy tarbiya in-t va oʻrta maxsus hamda kasb-hunar oʻquv yurtlarida bitiruvchilar, odatda, ijtimoiy siyosiy fanlarning biridan va asosiy ixtisoslikka tegishli 2—3 fandan Davlat imtihoni topshiradilar; un-t, iqtisodiyot va teatr oliy oʻquv yurtlarini bitiruvchilar ijtimoiy siyosiy fanlarning biridan Davlat imtihoni topshirish bilan birga, diplom ishi himoya qiladilar.

Oliy texnika oʻquv yurtlarida Davlat imtihoni oʻrniga diplom loyihasi, badiiy intlarda diplom ishi himoya qilinadi. Davlat imtihonini oliy oʻquv yurtlarining davlat imtihon komissiyasi hamda oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurtlarining davlat ixtisos komissiyasi oʻtkazadi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiradi: rais — muayyan ixtisosdagi yirik mutaxassis yoki olim (mazkur oʻquv yurtida ishlamaydigan) va komissiya aʼzolari — oliy oʻquv yurtlarida: rektor yoki prorektor, f-t dekani yoki uning oʻrinbosari, kafedra mudiri, prof. va dotsentlar; oʻrta maxsus va kasb-xunar oʻquv yurtlarida — direktor (direktor oʻrinbosari), ixtisoslikka tegishli fanlardan bir necha oʻqituvchi. D. i. ga oʻquv rejasining barcha talabini bajargan shaxslar qoʻyiladi. Davlat imtihonida qoʻyilgan baho komissiyaning yopiq majlisida koʻpchilik ovoz bilan tasdiklanadi. Oʻquv yurtini bitiruvchiga tegishli mutaxassislikni berish masalasi Davlat imtihonini topshirish asosida hal qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x