YOSHKAR-OLA

YOSHKAR-OLA (1919-y. gacha Saryo vo – kokshaysk, 1919—27y. larda Kras – nokokshaysk) — RFdagi shahar, Mariy El Respublikasi poytaxti. Volga daryosidan 50 km shim. da. Qozon — Moskva liniyasidagi t. y. stansiyasi. Shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 276,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. «Elektroavtomatika», yarimoʻtkazgich asboblar, «Kontakt», … Читать далее

YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan … Читать далее

YANGIYOʻL

YANGIYOʻL (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagn shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. T. yil stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor … Читать далее

YARMARKA

YARMARKA (nem. — yillik bozor) — belgilangan joyda muayyan muddatlarda muntazam tashkil etiladigan yirik bozor; sotuvga qoʻyilgan tovarlar koʻrgazmasi. Yarmarka larning asosiy maqsadi xaridorlarni tovarlar bilan vositachilarsiz, bevosita tanishtirish va ularning namunalar boʻyicha ulgurji va chakana savdosini uyushtirishdan iborat. Yarmarka mavjud, ishlab chiqariladigan va bozorga chiqarishga moʻljallangan mahsulot toʻgʻrisida axborot beradi. Yarmarka universal, koʻp tarmoqli … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YANGON

YANGON, Rangun — Myanma davlati poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy va madaniy markazi, eng katta shahri. Yangon viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,5 mln. kishi (1990-y. lar boshi). Yangon daryosi boʻyida, Andaman dengizining Moutama qoʻltigʻi yaqinida joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 27°, apr. niki 29°, yiliga 2000 mm dan ziyod yogʻin yogʻadi. Transport … Читать далее

YUVUVCHI VOSITALAR

YUVUVCHI VOSITALAR (tozalovchi vositalar) — turli materiallar sathidagi, inson va hayvonlar tanasidagi kirlarni yuvish uchun qoʻllanadigan modda yoki moddalar aralashmasi. Yuvuvchi vositalar tarkibiga sintetik yuvuvchi moddalar (sovunga oʻxshash sirt faol moddalar) va turli qoʻshimcha vositalar (mineral tuzlar, organik birikmalar va boshqalar) kiradi. Yuvuvchi vositalar sifatida qadimdan ishqoriy tuzlar (potash, tabiiy soda), gidrofil loylar (mas, gilvata), … Читать далее

YERNING SUV BALANSI

YERNING SUV BALANSI — muayyan vaqt ichida Yer yuzasiga yogʻin koʻrinishida tushadigan suv mikdori bilan quruqlik va Dunyo okean i yuzasidan bugʻlanadigan suv mikdorining nisbati. Yaʼni Yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari koʻrinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bugʻli va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4—109 km3 … Читать далее

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot i. ch. amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari … Читать далее

DENOV

DENOV — Surxondaryo viloyatdagi shahar (1958-y. dan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aqolisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 m balandlikda. Surxondaryo va Sangardak daryolari oraligʻida. T. y. stansiyasi. Denovdan Termizgacha boʻlgan masofa 156 km. Aholisi 63 ming kishi (2000). Yiliga 360 mm yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2,4°, … Читать далее