DENGIZ

DENGIZ — Dunyo okeanining bir qis-mi; okeandan quruklik yoki orollar, yarim orollar va suv osti relyefining koʻtarilgan joylari bilan ajralib turadi. Oʻzining gidrologik, meteorologik va iqlimiy rejimi bilan okeanning ochiq qismidan farq qiladi. Dengiz quruqlik bilan qancha kup uralgan bulsa, okeandan tafovuti shuncha kup buladi. Oke-anlarning ayrim ochiq qismlari shartli ravishda Dengiz deyiladi, mas, Sargasso … Читать далее

GʻOVAKLIK

GʻOVAKLIK, togʻ jinslarining gʻovakligi — togʻ jinslari ichidagi boʻshliq (gʻovaklar, yoriq)lar yigʻindisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylashadi. Shakliga koʻra gʻovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon boʻladi. Gʻovaklikning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy Gʻovaklik togʻ jinslari ichidagi hamma gʻovaklar yigʻindisidir. O ch i q. Gʻ. — oʻzaro tutashgan gʻovaklar hajmi. Yopiq Gʻovaklik — oʻzaro tutash boʻlmagan, … Читать далее

YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

YAVA

YAVA — Malay arxipelagining Katta Zond o. lari guruhidagi orol, Indoneziya tarkibida. Mayd. 126,5 ming km2. Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uz. 1000 km dan ziyod, qirgʻoqlari kam parchalangan. Relyefi, asosan, vulkan natijasida hosil boʻlgan togʻliklardan iborat, eng baland joyi 3676 m (Semeru vulkani). 100 dan ortiq vulkan bor, ulardan 30 tasi … Читать далее

DARYO SUVCHANLIGI

DARYO SUVCHANLIGI — daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv mikdori. Daryo suvchanligi absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. Daryo suvchanligi haqida maʼlumot q. x. ni suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (q. … Читать далее

DARAXT BAQALAR

DARAXT BAQALAR (Dendrobates) — dumsiz amfibiyalar turkumining urugʻi. Toʻmtoqbosh baqalar oilasiga mansub. Boʻyi 3—3,5 sm. Terisi rangbarang, chiroyli. Teri bezlari suyuq zahar chiqaradi. Asosan oʻrmonlar va suv boʻylarida yashaydi. Umrining koʻp qismi quruqlikda oʻtadi, suvga kam tushadi. Daraxt baqalarning Markaziy va Jan. Amerikada tarqalgan 10 ta turi bor. Boʻyoqchi, yaʼni ola bak,a (D. tinctorius)ning zahari … Читать далее

GʻISHT

GʻISHT — qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga boʻlinadi. Xom Gʻisht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq Gʻishtni tayyorlashning «hoʻl» va «yarim quruq» usullari bor. Oddiy pishiq Gʻishtni «hoʻl» usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. «Yarim quruq» usulga … Читать далее

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH — davlatning oʻz ixtiyoridagi i. ch. vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va b. ni davlat tasarrufidan chiqarishi va fukarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini … Читать далее

DAVIDZON GʻOʻZASI

DAVIDZON GʻOʻZASI (Gossypium davidsonii Kell.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D2_d, xromosomalar soni 2p=26. 1873-y. da topilgan. Birinchi marta Keller taʼriflab bergan (1912). Meksikaning Sonora shtatida, Quyi Kaliforniyada va Ravilya, Gigedo o. da tarqalgan. Davidzon gʻoʻzasi koʻp yillik, sertuk buta, boʻyi 2 m gacha. Hosil shoxlari 2—3 boʻgʻimli. Barglari mayda, butun yoki 1—2 boʻlakchali, yuraksimon, … Читать далее

GʻUZORDARYO

GʻUZORDARYO — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Uz. 86 km. Havzasining mayd. 3170 km2. Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shim. garbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Uradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m:ʻ/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 … Читать далее