DARAXT BAQALAR

DARAXT BAQALAR (Dendrobates) — dumsiz amfibiyalar turkumining urugʻi. Toʻmtoqbosh baqalar oilasiga mansub. Boʻyi 3—3,5 sm. Terisi rangbarang, chiroyli. Teri bezlari suyuq zahar chiqaradi. Asosan oʻrmonlar va suv boʻylarida yashaydi. Umrining koʻp qismi quruqlikda oʻtadi, suvga kam tushadi. Daraxt baqalarning Markaziy va Jan. Amerikada tarqalgan 10 ta turi bor. Boʻyoqchi, yaʼni ola bak,a (D. tinctorius)ning zahari juda oʻtkir boʻlib, katta yirtqich hayvonlarni ham bir necha minutda oʻldiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x