YAXSUV

YAXSUV — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi daryo. Panj Qizilsuvining chap irmogi. Boshlanishida Mujnakion deb ataladi. Hazratisho tizmasining gʻarbiy yon bagridan 3580 m balandlikda, kichkina muzlikdan boshlanadi. Uz. 160 km, suv yigʻish havzasi mayd. 2710 km2. Asosiy irmoqlari: Dondushkan, Obisurx. Obishoʻr, Obikaptarxona, Koʻlobdaryo. Qor suvlaridan toʻyinadi. Fev. oxiridan iyungacha — toʻlinsuv davri. Oʻrtacha koʻp yillik suv … Читать далее

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI

YURAKNING ISHEMIK KASALLIGI — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik … Читать далее

YEVNUXOIDIZM

YEVNUXOIDIZM (yun. eunuchos — bichilgan odam) , erkaklarda — hezalaklik, ayollarda — erkakchalishlik — jinsiy bezlarning tugʻma kamchiligi yoki jarohatlanishi, yoxud gipofizdan gonadotrop gormonlar kam chiqishi sababli roʻy beradigan kasallik. Erkaklarda koʻproq uchraydi. Yevnuxoid gigantizm va yevnuxoid semirish (yogʻ bosish) degan ikki turi bor. Odatda, aralash xili uchraydi. Belgilari: boʻy oʻsib ketadi, skelet nomutanosib oʻsadi … Читать далее

YASHASh UCHUN KURASH

YASHASh UCHUN KURASH — evolyutsion taʼlimotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch. Darvin Ya. u. k. tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurash organizmlarning oʻz hayotini saqlab qolishga hamda oʻz avlodlari hayotini taʼminlashga qaratilgan joriy faoliyati, yaʼni organizmlar oʻrtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Yashash uchun kurash organizmlarning jadal koʻpayishi … Читать далее

YAKKABOGʻDARYO

YAKKABOGʻDARYO (Irgʻayli, Saritoʻqay, Qizildaryo) — Qashqadaryo havzasidagi sersuv daryolardan biri. Tanxozdaryoning chap irmogʻi. Uz. 99 km. Havzasining mayd. 1180 km2, shu jumladan, suv toʻplash mayd. 755 km2. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagʻridagi muzlikdan 3949 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida Irgʻayli, keyinroq Saritoʻqay, Qizildaryo nomlari bilan maʼlum. Yakkabogʻ qishlogʻidan oʻtgach, Yakkabogʻdaryo deb ataladi. Daryoning yuqori oqimida … Читать далее

YORITILGANLIK

YORITILGANLIK — 1) fizikada — yuza birligi (mas, 1 m2)ga tushayotgan yorugʻlik oqimi. 2) qishloq xoʻjaligida — oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi, fotosintez jarayoni asosan Quyosh spektrining koʻzga koʻrinadigan qismi taʼsirida sodir boʻladi Quyosh taʼsirida Yoritilganlik noldan (Quyosh chiqishi va botishida) 100 ming lk gacha (tushga yaqin) oʻzgaradi. Bulutsiz osmonda sochma nurdan Yoritilganlik kamdankam vaqtda 15 … Читать далее

YER SOLIGʻI

YER SOLIGʻI — yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy toʻlanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati boʻyicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo boʻlishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga toʻlanadi. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida, mil. 3-a. dan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi … Читать далее

YALPI MILLIY MAHSULOT

YALPI MILLIY MAHSULOT (DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy koʻrsatkichlaridan biri. (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. hisoblanadi. Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat yuqori. Natijada bir … Читать далее

YILLIK PARALLAKS

YILLIK PARALLAKS (yun. parallaxis — ogʻish) — Yerning Quyosh atrofida aylanishi sababli yulduzlar vaziyatlarining yillik koʻrinma oʻzgarishi. Yerdagi kuzatuvchidan yulduzgacha boʻlgan masofani aniqlashda qoʻllaniladigan kattalik. Gipotenuzasi Quyoshdan biror yulduzgacha boʻlgan masofaga, kichik kateti Yerning katta yarim oʻqiga teng boʻlgan toʻgʻri burchakli uchburchakning kichik burchagi shu yulduzning Yillik parallaks boʻladi. Yillik parallaks yoyning bir sekunddan (1») … Читать далее

YOGʻINLAR

YOGʻINLAR — 1) atmosfera (bulutlar yoki havo)dan Yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yogʻinlar bulutlardan yomgʻir, qor, doʻl va muz zarralari koʻrinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yogʻin miqsori tushgan Yogʻinlarning holatidagi qatlami qalinligini (mm) oʻlchab aniqlanadi. Yogʻinlar jadalligi maʼlum vaqt (sutka, soat va b.) ichida tushgan Yogʻinlar miqdori … Читать далее