YAXSUV

YAXSUVTojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi daryo. Panj Qizilsuvining chap irmogi. Boshlanishida Mujnakion deb ataladi. Hazratisho tizmasining gʻarbiy yon bagridan 3580 m balandlikda, kichkina muzlikdan boshlanadi. Uz. 160 km, suv yigʻish havzasi mayd. 2710 km2. Asosiy irmoqlari: Dondushkan, Obisurx. Obishoʻr, Obikaptarxona, Koʻlobdaryo. Qor suvlaridan toʻyinadi. Fev. oxiridan iyungacha — toʻlinsuv davri. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Karbostonak qishlogʻi yonila, boshlanishidan 70 km, quyilishidan 90 km da) 34 m3/sek. Oʻrtacha yillik suv sarfi 79,5 mʻ/sek. dan (koʻp suvli 1969 yil da) 17,1 m3/sek. gacha (kam suvli 1947-yil da) oʻzgaradi. Suvi yuqori darajada loyqalangan. Daryo yiliga 2600 t oqiziq keltiradi. Karbostonak qishlogʻidan quyiroqda qurilgan suv taqsimlovchi inshoot orqali daryo suvi ekinzorlarni sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x