DOGʻVOY

DOGʻVOY (Codonopsis clematidea) — qoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub, qoʻlansa hidli koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50 — 80 sm. Ildizi baquvvat, duksimon. Barglari, asosan, qaramaqarshi oʻrnashgan. Guli qoʻngʻiroqsimon. Tojbarglari och havorang. Iyunda gullab, avg. oxirida meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarning zax yerlarida va daralarning tubida oʻsadi. Dogʻvoydan kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari olinadi. Poya va barglarida alkaloidlarning umumiy mikdori 0,04 — 0,08%. Mahalliy xalq Dogʻvoy poyasi va barglaridan tayyorlangan damlamani bosh ogʻrigʻi, oftob urishi, sariq kasalligi va turli teri kasalliklarini davolashda ishlatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x