MURVEDR

MURVEDR, Murvedr Nuar, Murvedr Espar, Espar, Pino fleri, Agach sap — is-pan vinobop kechpishar uzum navi. Gʻarbiy Yevropa navlari ekologik-geografik guruhiga kiradi. Qrim, Krasnodar oʻlkasida, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Turkman iston va b. mintaqalarda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, yumaloq yoki sal choʻziq, tigʻiz, chetlari pastga egikroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yumaloq-uzunchoq, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha dumaloq yoki bir oz choʻziq, toʻq zangori, xushboʻy, usti mum-gʻubor bilan qoplangan, poʻsti qalin, eti sersuv. Faol harorat yigʻindisi 2650°—3100° boʻlganda 127—157 kunda (sent. oxirlarida) pishadi. Hosildorligi 120—200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga, sovuqqa chidamsiz. Murvedrdan turli xil vinolar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x