MUNTAZAM KOʻPYOQ

MUNTAZAM KOʻPYOQ — hamma yoklari muntazam teng koʻpburchaklar va hamma koʻp yokli burchaklari teng boʻlgan qavariq koʻpyoq. Muntazam koʻpyoqning har bir uchidan chiquvchi qirralari soni bir xil.

Yevklid M. k. ning faqat 5 turi bor ekanini isbot etgan: muntazam tetraedr, kub, muntazam oktaedr, muntazam dodekaedr, muntazam ikosaedr. M. k. larning har birini kubni tekisliklar bilan kesish orqali hosil qilinadi. Muntazam tetraedrdan boshqa xamma Muntazam koʻpyoq larning simmetriya markazi bor. Har qanday Muntazam koʻpyoqka tashqi yoki ichki sfera chizish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x