MUKURRA

MUKURRANil daryosi vodiysida (Nubiyada) joylashgan kad. davlat (hoz. Sudan hududi)(mil. 6 — 7 — 16-a. lar). Poytaxti — Eski Dongola. Aholisi — nobatlar, ular 569 — 570-y. larda xristianlikni qabul qilishgan. 7-a. ning boshida Nabateya davlati bilan birlashib, Nubiya davlati tuzilgan. Arablar 652-y. da Mukurrani bosib olib, ularga oʻlpon (yiliga 360 tadan qul yetkazib berish) solishgan. Musulmonlarning kirib kelishi, mamluklarning qaytaqayta hujumi (13-a.), arablar hukmronligining kuchayishi natijasida islom dini keng tarqalgan. Mukurra 12-a. da chorva, temir va kul savdosi tufayli gullab-yashnagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x